×

Buyuk Britaniya: Kunduzi va sirtqi MBA magistratura kurslari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

14.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1192 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Brunel University London magistratura kurslari uchun moʻljallangan MBA Scholarship (Full-time & Part-time) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning Brunel Business Schooldagi Business Administration MBA magistratura kurslariga oʻqishga kirgan a’lochi talabalarini moliyaviy ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant bir-ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet Business Administration MBA magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba uchun kunduzgi boʻlimga 22 880, sirtqi boʻlimga esa 11 440 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan kunduzgi boʻlim talabasiga bir martalik 6 500 funt-sterling, sirtqi boʻlim (Corporate/Private sector) talabasiga ikki yilga 9 000 (har yilga 4 500 dan) funt-sterling, sirtqi boʻlim (Public/Government)ga esa 11 000 (har yilga 5 500) funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan qismi va boshqa sarf-xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod univeristetning 2019-yil sentabr yoki 2020-yil yanvar oyida boshlanadigan Business Administration MBA magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod Business Administration MBA magistratura kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.
  4. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun baholar GCE A/ 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  5. London Brunel International College (LBIC) orqali oʻqishga kirgan nomzodlar ushbu grantga aiza bera olmaydi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,5 ball talab qilinadi.
  7. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar bu grantga ariza bera olmaydi.
  8. Nomzod 3000 funt-sterling deposit toʻlovini toʻlashi kerak.
  9. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.

Grant talablari va shartlari haqida batafsil: bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning Brunel Business Schooldagi Business Administration MBA magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant uchun alohida ariza topshirish zarur. Grant va oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddati farq qiladi:

  • 2019-yil kuzdagi kurslar uchun dedlayn 2019-yilning 4-sentabriga qadar.
  • 2020-yil yanvardagi kurslar uchun esa 2019-yil 13-dekabrgacha ariza beriladi.
  • Oʻqishga hujjat topshirish esa kuzgi semestrga 23-avgustgacha, 2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun 20-dekabrgacha.

Grant yutib olishni istagan talabalar ertaroq ariza berishlari lozim.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Magistraturaga hujjat berish haqida: bu yerda ma’lumot berilgan.
  2. Oʻqishga hujjat topshirish Business Administration MBA magistratura kursining sahifasida amalga oshiriladi.
  3. Oʻqishga hujjat topshirish ikki bosqichga amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda hujjatlar joʻnatiladi.
  4. Ikkinchi bosqichda esa nomzodlar telefon yoki Skype orqali suhbatdan oʻtadilar.
  5. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan, shuning uchun talablarni aniqlashga international-admissions@brunel.ac.uk manzili yoki 44 (0)1895 265265 raqamiga boʻglanish kerak.

Grantga ariza berish. Ariza shaklini onlayn tarzda toʻldirib, dedlayngacha joʻnatish kerak. Ariza ichida 500 ta soʻzdan iborat esse ham yozib topshirish talab qilinadi.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,5 (har bir qismdan kamida 6,0) ball boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha GMAT/ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.
  6. Tier4 viza soʻraladi.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun:

MBA Director Mr Bidit Dey

e-mail: Bidit.Dey@brunel.ac.uk

Dr Oksana Gerwe, the Deputy Director

e-mail: Oksana.Gerwe@brunel.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!