×

Buyuk Britaniya: LLM va MA kurslari uchun 6 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

16.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1292 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Queen Mary University of London, King’s College University of London va The Worshipful Company of Stationers and Newspaper Makers tashkilotlari hamkorlikda BLACA / Stationers’ Company Copyright Law Award dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning intellektual mulk huquqi bo`yicha LLM va MA kurslarida o`qishni istagan nomzodlarga beriladi. Grant bir yil muddatga ajratilishi moʻljallangan.

Grant quyidagi universitetlarning LLM va MA kurslarida o`qish uchun beriladi:

  • Queen Mary University of Londonning LLM in Intellectual Property Law kurslari;
  • King’s College Londonning LLM in Intellectual Property and Information Law kurslari;
  • King’s Collegeda o`qitiladigan Postgraduate Diploma/MA UK, EU and US Copyright Law kurslari.

Grant kimlar uchun?

LLM va MA bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil muddatga kontrakt to`lash uchun 6 000 funt-sterling pul beriladi.

Dastur stipendiya yutib olgan nomzodning yashash, o`quv qurollari, tibbiy sug`urta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlat vakillari ariza bera oladilar.
  2. Nomzod yuqorida ko`rsatilgan universitetlarning 2019-yil sentabrdan boshlanadigan LLM yoki MA kurslaridan biriga o`qishga kirishi kerak. Kurslar ro`yxati maqola boshida berilgan.
  3. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilish zarur. IELTS kamida 6,5-7,0 talab qilinadi.
  5. Bakalavr va/yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
  6. Nomzod tashkilotchilar faoliyat yuroradigan soha rivojiga hissa qo`shishlari lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar yuqorida ko`rsatilgan 3 ta universitetning LLM va MA kurslariga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Buning uchun unversitetlardan biriga o`qishga ariza topshirish lozim. O`qishga hujjat qabul uchun dedlayn muddati va hujjatlar tarkibi farq qiladi, buni universitet sahifasidan aniqlaysiz.

Grantga alohida ariza topshirish talab etiladi. Hujjatlar 2019-yil 16-iyulga qadar qabul qilinadi.

Grantga hujjat topshirish uchun 1000 ta so`zgacha motivatsion xat va CV/Resumeni quyidagi manzilga jo`natiladi:

Elektron pochta orqali: Mr Simon Clark BLACA Secretary

BLACA / Stationers’ Company Postgraduate Bursary Scheme simon.clark@bristows.com

Yoki oddiy pochta orqali: Mr Simon Clark BLACA Secretary

BLACA/Stationers’ Company Postgraduate Bursary Scheme Bristows LLP

100 Victoria Embankment London  EC4Y  0DH   United Kingdom

Dastlabki saralashdan o`tgan nomzodlar bilan 2019-yil iyul oyining ikkinchi yarmida suhbat o`tkaziladi. Grant puli nomzod tanlagan universitetida kamida 60 kredit olgandan keyin beriladi. Batafsil ma’lumot bilan: SHU YERDA tanishing.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari va yutuqlari, motivatsion xatlari hamda moliyaviy yordamga muhtojligiga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar imkon qadar tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

Bog`lanish uchun:

Professor Uma Suthersanen, BLACA Committee Member/Queen Mary Elektron pochta: u.suthersanen@qmul.ac.uk

Professor Tanya Aplin, King’s College London

Elektron pochta: t.aplin@kcl.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!