×

Buyuk Britaniya: Magistratura kurslari uchun 5 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

30.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1104 marta

Angliya Kenterberi shahrida joylashgan University of Kent 2019-2020-oʻquv yiliga MastersCompare Postgraduate Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant Britaniyaning istalgan universiteti, jumladan, Kent universitetida magistratura kursida oʻqishni xohlagan bilimli talabalarni ragʻbatlantirish uchun beriladi. Grant bir yil ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Kent magistratura kurslarida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 2 543 dan 19 000 funt-sterling. Kontrakt hajmi haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga bir yilga kontraktdan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash xarajatlarini nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod MastersCompare saytidan roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Britaniyada joylashgan istalgan universitet, shu jumladan, Kent universitetining magistratura kurslaridan biriga ariza topshirgan va oʻqishga taklifnomani qoʻlga kiritgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi lozim. Baholar 2:1/2:2 yoki ekvivalent boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Grant uchun IELTS kamida 7,0 ball, har bir boʻlimdan kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  6. Nomzodning Britaniyada oʻqish uchun nomzodning moliyaviy ahvoli yetarli boʻlishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻqishga arizalar qabul qilish muddati tanlangan kursga qarab farq qiladi, grantga esa 30-avgustgacha qabul qilinadi va jarayon ikki bosqichda amalga oshiriladi. Grant olishni istagan talabalar oʻqishga arizani ertaroq topshirishlari kerak.

1-bosqich. Avvalo, istalgan magistratura kursiga onlayn tarzda ariza berish kerak.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Avvalo, qanday qilib hujjat topshirish mumkinligini: shu yerdan batafsil oʻqing.
  2. Universitetga qabul uchun davlatlar boʻyicha kirish talablari koʻrsatilgan. Ammo bur oʻyxatda Oʻzbekiston yoʻq. shu sababli, aniq ma’lumotni internationalstudent@kent.ac.uk elektron pochtasidan oling.
  3. Barcha talablar mos kelgandan soʻng: shu yerda koʻrsatilgan roʻyxatdan kerakli kurs tanlang.
  4. Kurs sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  5. Sahifa oxiridagi “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldiring.

2-bosqich. Stipendiya olish uchun ariza oʻqishga kirganlik haqida maʼlumot kelgandan keyin beriladi:

  1. Avvalo MastersCompare saytidan roʻyxatdan oʻting.
  2. “Scholarships” boʻlimiga belgi (galochka) qoʻying.
  3. Grant oktabr oyida tasodifiy tanlov yoʻli bilan aniqlanadi.
  4. Gʻolibga kerakli hujjatlarni topshirish haqida xat joʻnatiladi.

Hujjatlar tarkibi (oʻqishga kirish uchun):

  1. Bakalavr diplomi va diplom ilovasining ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi. Baholar 2:1/2:2 yoki ekvivalent boʻlishi lozim.
  2. Ingliz tili sertifikati. Grant uchun IELTS kamida 7,0 ball, har bir boʻlimdan kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
  3. Tavsiyanoma (agar soʻralsa).
  4. Rezyume (agar soʻralsa).
  5. Pasport nusxasi.
  6. Moliyavoy ahvol haqida ma’lumotnoma.
  7. Qoʻshimcha sifatida GRE/GMAT/SAT/ACT sertifikati talab qilinishi mimkin.

Oʻqishga hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda berilgan.

Murojaat uchun: scholarships@kent.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!