×

Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi uchun 10 ming funt sterling grant


Grant

MUHLAT

30.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1527 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan University of Stirling oliygohi MBA Business Excellence Scholarship  dasturi orqali 2019-yilgi magistratura bosqichida o’qishni xohlovchi talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant University of Stirling oliygohi MBA bo’yicha  Postgraduate (taught) bosqichining istalgan yo’nalishiga qabul qilingan talabalar uchun ajratilgan. Dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlash. Grant 1 nafar talabaga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

MBA Business Excellence Scholarship  mukofotini qolga kiritgan nomzodlar To’lov kontrakti uchun 10 ming funt sterling (taxminana 13000 AQSH dollari) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadilar. Grant soni cheklangan bo’lib ,University of Stirling oliygohiga qabul qilingan eng munosib 1 nafar talabaga taqdim etiladi.

University of Stirlingdagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholarga yakunlagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod Business sohasida besh yillik ish tajribasiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod grant dasturiga ariza berishi uchun University of Stirling Postgraduate (taught) MBA bosqichiga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi lozim. Universitetning Postgraduate (taught) bosqichi qabul talablari bilan bu yerda  to’liq tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.
  • Nomzod Ingliz tili bilim darajasni ko’rsatovchi IELTS 6 ball ( har bir bo’limi 5.5), TOEFL IBT, CPE,CAE, PTE sertifikatlaridan birini taqdim etishlari so’rladi. Ingliz tili talablari bilan bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzod dastlab universitetning MBA dasturiga hujjat topshiradi. Keyin MBA Business Excellence Scholarship  grant dasturiga hujjat topshirish uchun Universitet sayti orqali  Ariza  to’ldirib, 2019-yil 30-apreldan kechiktirmasdan quyidagi hujjat bilan birgalikda jo’natishingiz lozim:

  • 700 so’zdan iborat bo’lgan Insho (Ingliz tilida). Insho Grant dasturining sizga yordami hamda kelajakdagi reja va maqsadlaringiz haqida bo’lishi lozim.

Why a scholarship would help you, and what your career or educational aims are for the five year period after you graduate from the course?

Dasturga faqatgina Postgraduate (taught) ga qabul qilingan talabalargina nomzod bo’lishi mumkin, shuning uchun dastlab universitet qabul talablariga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.

Qo’shimcha ma’lumot uchun MBAScholarships@stir.ac.uk  elektron manziliga yoki +44(0)1786473171 murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!