×

Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi uchun 4 000 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

16.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1518 marta

Buyuk Britaniyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi Faculty of Science Postgraduate Elite Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Faculty of Sciencening 2019-yil sentabrda boshlanadigan magistratura (postgraduate taught MSc/PGT) bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant ikki yilgacha beriladi.

Grantlar Faculty of Sciencening tabiiy fanlar boʻyicha quyidagi kurs talabalariga beriladi:

  • Chemistry
  • Computer and information sciences
  • Mathematics and statistics
  • Pharmacy and biomedical sciences
  • Physics
  • Forensic science.

Grant kimlar uchun?

Magistratura (postgraduate taught MSc/PGT) bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Strathclyde 2019-2020-oʻquv yiliga Faculty of Science magistratura (postgraduate taught MSc/PGT) kurslarida oʻqish toʻlovi kurslarga koʻra farq qiladi va kontrakt taxminan 18 950 – 21 450 funt sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasining “Fees&funding” boʻlimida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga oʻqish muddati tugaguncha har yili kontraktdan 2 500 dan 4 000 funt-sterlinggacha chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2019-yil sentabr/oktabrdan Faculty of Sciencening yuqoridagi roʻyxatdagi magistratura (postgraduate taught MSc/PGT) kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida 2:1 boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod tegishli soha boʻyicha kamida BA/BSc/bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Agar nomzod boshqa universitetlarda talaba sifatida roʻyxatda turgan boʻlsa, oʻqishini Strathclyde Universityga koʻchirishi lozim.
  6. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  7. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning 2019-yil sentabr/oktabrda boshlanadigan Faculty of Sciencening yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan magistratura (postgraduate taught) kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish muddati farq qilishi mumkin, aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan tekshiring. Oʻqishga taklifnomani olgandan keyin grantga alohida ariza berish lozim. Grantga dedlayn muddati 2019-yil 16-sentabrgacha.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab universitet rasmiy saytining “Postgraduate research” sahifasiga kiring.
  2. Fakultetlar roʻyxatidan “Science”ni tanlang.
  3. Sahifaning oʻng tarafidagi kurslar roʻyxatidan kerakli kursni tanlang.
  4. Qanday qilib ariza berish haqidagi ma’lumotlarini: shu yerdan batafsil oʻqib chiqing.
  5. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “How can I apply?” qismida berilgan.
  6. Kurs sahifasida koʻrsatilgan “Apply” linki orqali ariza bering.
  7. Grantga ariza topshirish esa onlayn tarzda: shu yerda amalga oshiriladi.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.
  • 2 ta tavsiyanoma. Ulardan biri akademik tavsiyanoma, ya’ni, oʻqishda erishgan yutuqlar haqida boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,5 ball (barcha qismlardan kamida 5,5) yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • 250 tadan 1000 ta soʻzgacha research proposal.
  • Kontakt/bogʻlanish uchun toʻliq ma’lumotlar.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi. Ilmiy rahbar tanlashni ham sedan chiqarmang. Bu ma’lumot ham tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta:  science-enquiries@strath.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!