×

Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi uchun 5000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

01.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1483 marta

Shotlandiyaning Edinburg shahrida joylashgan University of Edinburgh oliygohi The Institute for Particle and Nuclear Physics (IPNP) bo’limi Nuclear and Particle Physics yo’nalishi bo’yicha 2019-yilgi magistratura (MSc) bosqichida o’qishni xohlovchi talabalarni IPNP MSc Prize Scholarships grant dasturiga hujjat topshirishga taklif etadi. Ushbu grant talaba xarajatlarini qisman qoplash uchun mo’ljallangan. Dasturga mahalliy va chet ellik talabalar ariza topshirishlari mumkin. Dastur doirasida 1 nafar talabaga grant berish mo’ljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga 1 o’quv yili mobaynida 5 000 funt sterling (tahminan 6 510 AQSh dollari) miqdoridagi mukofot beriladi.

Universitetda tahsil olish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

  • Nomzod istalgan mamlakat fuqarosi bo’lishi mumkin
  • Nomzod University of Edinburgh oliygohiga Nuclear and Particle Physics yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga hujjat topshirgan bo’lishi kerak
  • Nomzodning akademik ko’rsatkichlari (baholari) yaxshi bo’lishi zarur (GPA 4.0/5.0)
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur
  • Nomzod Buyuk Britaniyaning first-class honors degree darajasi yoki unga tenglashtirilgan darajaga (bu odatda O’zbekistondagi bakalavr/magistr darajasiga to’g’ri keladi) ega bo’lishi zarur. Batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

IPNP MSc Prize Scholarships grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo University of Edinburgh oliygohining Nuclear and Particle Physics yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga hujjat topshirishi zarur. Bu jarayon nomzoddan 5 ish kuniga qadar vaqtni talab etadi. So’ngra, https://www.myed.ed.ac.uk manzili orqali grant dasturiga ariza topshiriladi. Ariza topshirishda muammoga duch kelgan talabalar http://www.ed.ac.uk/student-systems/support-guidance manzili orqali yordam olishlari mumkin.

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza
  2. Bakalavr/magistr diplomi. Batafsil ma’lumot
  3. Baholar/diplom ilovasi (GPA 4.0/5.0)
  4. Til sertifikati. IELTS 6.5 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 0 ball yoki TOEFL iBT 92 ball va undan baland
  5. 2 ta tavsiyanoma
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statemant)

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Tel: +44 (0) 131 651 4070

Email: msc.pnp@ph.ed.ac.uk yoki studentfunding@ed.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!