×

Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichi uchun qisman grant; joy – 400ta!


Grant

MUHLAT

30.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1409 marta

Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahrida joylashgan Queen’s University Belfast bakalavriat kurslari uchun moʻljallangan Queen’s Management School Scholarship 2020 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning Management School magistratura (taught) kurslariga 30-aprelgacha hujjat topshirgan va dastlabki 400 funt-sterling depositni amalga oshirgan 400 nafar talabalarga beriladi. Grant bir marta berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet memejment magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 19 900 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan 400 nafar talabaga oʻqishning birinchi yili uchun kontraktdan 1 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun baholar kamida 75% ijobiy yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  3. .Nomzod univeristetning 2020-yil sentabr oyida boshlanadigan Management School magistratura (taught) kurslariga 30-aprelgacha hujjat topshirgan va dastlabki 400 funt-sterling depositni amalga oshirgan.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,5/TOEFL iBT kamida 90 ball talab qilinadi.
  5. Nomzodning bakalavr diplomi boʻlishi lozim. Oʻzbekistonliklar uchun kirish talablari bilan: shu yerda batafsil tanishing.
  6. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Oʻqishga kirish uchun dastlab menejment sohasi magistratura kursiga onlayn tarzda ariza berish lozim. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Oʻqishga hujjat topshirish uchun dedlayn muddatlari farq qilishi mumkin, aniq sanani tanlangan kurs sahifasidan tekshiring. Grant olish uchun esa, 2020-yilning 30-apreliga qadar oʻqishga kirish va 400 funt-sterlinbg deposit kiritib ulgurish lozim. Demak, oʻqishga imkon qadar erta hujjat topshirish kerak. 

Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish uchun avval: shu yerda berilgan roʻyxatdan menejmentga tegishli kursni tanlash va kurs sahifasi orqali ariza berish kerak.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Bakalavr diploma va ilovasi. Oʻzbekistonliklar uchun kirish talablari bilan: shu yerda batafsil tanishing. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni A yoki yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,5/TOEFL iBT kamida 90 ball boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ma’lumot soʻralishi mumkin. Dedlayn muddati ham farq qilishi mumkin. Aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling. Grant haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: rasmiy soʻrov sahifasiga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!