×

Buyuk Britaniya: magistratura bosqichi uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

03.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1353 marta

Shotlandiyaning Edinburg shahrida joylashgan University of Edinburgh oliygohi The School of Biological Sciences maktabining 2019-2020 o’quv yilida boshlanadigan magistratura kursilarida (taught) o’qishni xohlovchi talabalarni School of Biological Sciences Taught Postgraduate Bursaries grant dasturiga hujjat topshirishga taklif etadi. Grantga YI tarkibiga kirmaydigan davlatlardan bo’lgan iqtidorli va a’lochi talabalar ariza topshirishlari mumkin. Grantlar magistratura kursining quyidagi yo’nalishlari uchun ajratiladi:

  • MSc/PgDip Biochemistry
  • MSc/PgDip Biodiversity and Taxonomy of Plants
  • MSc/PgDip Bioinformatics
  • MSc/PgDip Biotechnology
  • MSc/PgDip Drug Discovery and Translational Biology
  • MSc/PgDip Synthetic Biology and Biotechnology
  • MSc/PgDip Systems and Synthetic Biology
  • MSc/PgDip Quantitative Genetics & Genome Analysis (including Animal Breeding & Genetics, Evolutionary Genetics, Human Complex Trait Genetics)

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda g’olib bo’lgan talabalar uchun har biri 10 000 funt sterling (tahminan 13 300 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi. Stipendiya faqat bir o’quv yili uchun beriladi.

Universitetda tahsil olish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

  • Nomzod YI tarkibiga kirmaydigan davlatlardan bo’lishi kerak
  • Nomzod University of Edinburgh oliygohi The School of Biological Sciences maktabining 2019-2020 o’quv yilida boshlanadigan magistratura (taught) kursilaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi zarur
  • Nomzod a’lochi bo’lishi zarur
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim
  • Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi zarur. Batafsil
  • Nomzod tanlagan yo’nalishi bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lishi, maqola va nashrlar chop ettirgan bo’lishi maqsadga muvofiq.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

  • School of Biological Sciences Taught Postgraduate Bursaries grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo University of Edinburgh oliygohi The School of Biological Sciences maktabining 2019-2020 o’quv yilida boshlanadigan magistratura kursilaridan biriga qabul qilingan bo’lishi/qilinishi zarur. Universitetga arizalar onlayn tartibda topshiriladi. Bu jarayon nomzoddan 5 ish kuniga qadar vaqtni talab etadi. Universitetning 2019-yil sentabrda boshlanadigan magistratura kurslari uchun arizalar qabul qilish muddati tanlangan yo’nalishga qarab turlicha bo’lishi mumkin.
  • So’ngra nomzod https://www.myed.ed.ac.uk manzili orqali MyEd portaliga kirib, EUCLID dasturidan, School of Biological Sciences Taught Postgraduate Bursaries grantiga topshirish uchun ariza shaklini topishi va uni to’ldirishi mumkin bo’ladi. Grantga arizalar 2019-yilning 3-mayiga qadar qabul qilinadi.
  • Ariza topshirishda muammoga duch kelgan nomzodlar http://www.ed.ac.uk/student-systems/support-guidance manzili orqali yordam olishlari mumkin.

Portaldan foydalanish va ariza topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot savol – javoblarda. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Oliygohga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlarning tahminiy ro’yxati:

  1. Ariza (tanlangan yo’nalish bo’yicha turlicha bo’lishi mumkin)
  2. Bakalavr diplomi.
  3. Baholar/diplom ilovasi
  4. Til sertifikati. IELTS 6.5 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball yoki TOEFL iBT 92 ball va undan baland
  5. 2 ta tavsiyanoma
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statemant)
  7. Tadqiqot rejasi (agar talab qilinsa)
  8. Tanlangan yo’nalish bo’yicha qatnashilgan dasturlar, olingan mukofot/sertifikatlar, yozilgan maqola va nashrlar (agar mavjud bo’lsa)

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!