Buyuk Britaniyada joylashgan Queen Mary University of London (QMUL) oliygohi Partial Scholarships 2019-20 dasturi orqali 2019-yilgi magistratura bosqichida o’qishni xohlovchi talabalarga grant o’rinlarini taklif etadi. Ushbu grant shu universitetda o’qitiladigan Huquqshunoslik sohasiga oid belgilangan magistratura kurslari uchun ajratilgan. Grantlar shu kurslarga qabul qilingan eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.
Nomzod huquqshunoslikning quyidagi sohalaridan birni tanlashi mumkin:
- LLM Art, Business and Law
- LLM Banking and Finance Law
- LLM Commercial and Corporate Law
- LLM Comparative and International Dispute Resolution
- LLM Competition Law
- LLM Computer and Communications Law
- LLM Criminal Justice
- LLM International Economic Law
- LLM Energy and Natural Resources Law
- LLM Environmental Law
- LLM European Law
- LLM Human Rights Law
- LLM Immigration Law
- LLM Insurance Law
- LLM Intellectual Property Law
- LLM International Business Law
- LLM International Shipping Law
- LLM International Shipping Law (Piraeus, Greece)
- LLM Master of Laws (General)
- LLM Legal Theory
- LLM Media Law
- LLM Medical Law
- LLM Public International Law
- LLM Tax Law
- LLM Law and Economics
- LLM in Regulation and Compliance
- LLM in computer and communication law (Distance learning)
- LLM in Paris
- Sorbonne Law School – Queen Mary University of London Double LLM
- MA Regulation and Compliance
- LLM Regulation and Compliance
- MSc Law and Finance
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturi doirasida eng munosib deb topilgan 5 nafar chet ellik talabaning har biriga 10000 funt sterlingdan grant beriladi. QMUL dagi to’lov kontraktlari haqida ma’lumot bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Nomzodga talablar
Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod huquqshunoslik yo’nalishida bakalavr bosqichini a’lo baholarga yakunlagan bo’lishi lozim.
- Nomzod grant dasturiga ariza berishi uchun QMUL magistratura bosqiching Huquq yo’nalishiga qabul qilingan bo’lishi lozim. Universitetning magistratura bosqichi qabul talablari bilan bu yerda to’liq tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun IELTS’dan 7 (yozma imtihondan 7 ball va qolganlaridan kamida 5.5 ball bilan) yoki TOEFL IBT’dan 100 ball (har bir bo’limidan kamida 20 balldan) talab etiladi. Ingliz tilini bilish darajasiga qo’yilgan talablar bilan bu yerda
- Nomzod QMUL’ga to’liq stavkadagi magistratura kursiga qabul qilingan bo’lishi kerak. sirtqi kurslar talabalariga grant berilmaydi.
Talablar:
Grant yutib olish uchun nomzod avval tegishli magistratura kurslaridan biriga o’qishga talaba sifatida qabul qilingan bo’lishi shart. Ya’ni, magistratura kursiga hujjat topshirib, lekin hali o’qishga kirganligi noma’lum nomzodlarning arizalari grant uchun ko’rib chiqilmaydi. Grantga hujjat topshirishga ulgurish uchun magistratura kurslariga 2019-yil 22-fevralgacha hujjat topshirish kerak, shunda natijalar grantga hujjat topshirish muhlatidan oldin e’lon qilinadi.
O’qishga kontraktga kirgach, 2019-yil 22-martdan kechiktirmay grantga ariza topshirish kerak. Ariza topshirish uchun kerakli hujjatlar:
- 1000 so’zdan iborat bo’lgan insho. Insho mavzusi: “Please explain why you want to study for the chosen programme at Queen Mary University of London, specifying the area of law and the modules you have a particular interest in. What you will bring to the programme and why you feel you should be awarded a scholarship; focusing on your academic and professional achievements (if relevant) and financial need.”
- Huquqshunoslik bo’yicha bakalavr darajasi baholari va huquq sohasiqa oid boshqa yutuqlarga oid hujjatlar (other legal qualifications) (ingliz tilida bo’lishi lozim)
- CV.
- 1 ta tavsiyanoma.
Yuqoridagi keltirilgan barcha hujjatlar to’ldirilgan ariza bilan birgalikda bitta PDF hujjat qilinib, nomzod ism familiyasi ostida jo’natilishi lozim.
Natijalar iyun oyida elektron pochta orqali e’lon qilinadi.
Qo’shimcha ma’lumot uchun llmscholarships@qmul.ac.uk elektron manzili yoki +44(0)2078825555 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.