×

Buyuk Britaniya: Magistratura bosqichlari uchun 50 foizgacha grant


Grant

MUHLAT

01.04.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

993 marta

Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida joylashgan University of Warwick 2020-yilgi WMG Excellence Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant magistratura kurslarida oʻqish istagida boʻlgan a’lochi, salohiyatli va intiluvchan yoshlarni iqtisodiy ragʻbatlantirish uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet magistratura kursining kontrakt toʻlovi bir yil uchun taxminan 25 870 funt sterling (32 947 AQSh dollari)ga teng.

Grant yutib olgan nomzodlarga esa oʻqish pulidan 10% dan 50% chegirma qilinadi.

Dastur faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi, undan tashqari yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
  • Nomzod universitetning magistratura kurslariga 2020-yil oktyabrdan oʻqishga kirgan boʻlishi lozim.
  • Nomzod aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi kerak, grant shartiga koʻra 1-aʼlochi boʻlishi boʻlishi zarur.
  • Nomzod kunduzgi shaklda (full time) o‘qishi kerak.
  • Nomzod o‘zini o‘zi moliyalashtiradigan (self-funded) talaba bo‘lishi kerak.
  • Grant pulini faqat kontrakt to‘lashga ishlatish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza berish uchun magistratura kurslariga oʻqishga kirish kerak. Shu yerda oʻzbekistonliklar uchun oʻqishga kirish talablari va hujjat topshirish jarayoni ketma-ketligi berilgan.

Hujjat topshirish jarayoni quyidgicha:

  1. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  2. How to apply sahifasini diqqat bilan o‘qib chiqing va ariza topshiring.
  3. Grantga ariza shakli (application form)ni toʻldirib, jo‘nating. Ariza shakli 2019-yil 1-noyabrdan shu yerda mavjud bo‘ladi. Kelib tushganiga 4 haftadan oshmagan arizalar ko‘rib chiqiladi, ya’ni, qancha erta ariza bersangiz, shuncha yaxshi.

Nomzodlarni saralash ularning akademik yutuqlari, professional tajriba, oʻqishga motivatsiya, darsdan tashqari tadbirlarda qatnashganligi va kelajakni koʻra olish mezonlariga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlanguncha eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: wmgscholarships@warwick.ac.uk  manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!