×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun 10 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

01.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3946 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sussex University talabalardan Geoffrey Oldham Memorial Scholarships (2021) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi The Science Policy Research Unit (SPRU)da magistratura bosqichini oʻqishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant 2 nafar nomzodga ajratiladi. Grant bir yil muddatga quyidagi magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi:

Grant dasturi SPRUning birinchi rahbar oʻrinbosari Geoffrey Oldham xotirasini hurmatlash maqsadida 2018-yilda tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Umumiy kontrakt hajmi haqidagi ma’lumotlar bilan: shu yerda tanishish mumkin.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil muddatga kontrakt uchun 10 000  funt-sterling pul beriladi.

Grant nomzodning turar joy, ovqatlanish, tibbiy sugʻurta, oʻquv qurollari kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitet tarkibidagi SPRUning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod Sasseks universiteti va SPRU talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun til bilish darajasi qanday boʻlishi kerakligi tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 7,0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod tanlangan kursga mos keladigan soha boʻyicha bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar SPRUning yuqorida qayd etilgan magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga qabul haqida hujjat olinganidan keyin grantga alohida ariza topshirish zarur.

Oʻqishga dedlayn 2020-yil 1-avgustgacha, grantda esa dedlayn 2021-yil 1-iyungacha. Grantga ariza berishni xohlasangiz, oʻqishga ertaroq ariza bering. Chunki oʻqishga taklifnomasiz grantga hujjat topshira olmaysiz.

Oʻishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Kurslar sahifasidan kerakli kursni toping. Kurs sahifasida batafsil maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • Shu yerda va shu yerda kirish talablari berilgan.
  • Shu yer orqali oʻqishga ariza bering. Kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  • Qoʻshimcha ma’lumot bilan ilmiy tadqiqot boʻlimining: rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
  • Savollar yuzasidan scholarships@sussex.ac.ukga murojaat qiling.

Grantga ariza berish. Grantga arizani onlayn tarzda toʻldiring. Arizada kelajakdagi rejalaringiz hamda darsdan tashqari faoliyatingiz, shuningdek, qanday qilib sizning ilmiy faoliyatingiz Geoffrey Oldham merosini davom ettirishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar yozilishi kerak.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Personal statement.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 boʻlishi lozim.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 7.0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, tanlangan kursga qarab LSAT/GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Qoʻshimcha ma’lumotlar: shu yerda.

Nomzodlar grantga  sohaga oid bilimlari, aʼlo baholari, ish tajribasi, darsdan tashqari tadbirlarda qatnashganligi, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar 20201-yil 1-iyulgacha elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: scholarships@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!