×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun 10 000 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

17.05.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1584 marta

Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti Hughes Hall – CJBS Scholarship for Mst in Social Innovation – 2020/21 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-2021-oʻquv yilida Hughes Hall`ning Cambridge Judge Business Schooldagi Social Innovation yoʻnalishida Master of Studies magistratura bosqichida (MSt) oʻqish uchun ajratiladi.

Ushbu stipendiya magistratura tadqiqochilari uchun bir yil muddatga beriladi

Grant kimlar uchun?

Magistratura tadqiqot kurslari talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga magistratura uchun 1 yil davomida yiliga 10 000 funt-sterlinggacha bo’lgan miqdorida kontraktdan chegirma qilinadi. Oliygohda oʻqish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Hughes Hall`ning Cambridge Judge Business Schooldagi Social Innovation yoʻnalishida Master of Studies magistratura (MSt) bosqichiga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tanlagan sohasida tadqiqot olib borishga tayyor boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.

Grant talablari haqida: shu yerda ma’lumot berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2020-yil 17-mayga qadar qabul qilinadi.

Grant dasturida qatnashish uchun Hughes Hall`ning Cambridge Judge Business Schooldagi Social Innovation yoʻnalishida Master of Studies magistratura (MSt) kurslarida oʻqish uchun hujjat topshirish kerak boʻladi. Grantga alohida ariza beriladi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni toping.
  2. Hujjat topshirish haqida hamma ma’lumot: shu yerda.
  3. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni oʻrganib chiqing.
  4. Study (active tab) boʻlimida oʻqish talablari koʻrsatilgan.
  5. Requirements boʻlimida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  6. Finance boʻlimida esa toʻlovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  7. How to Apply boʻlimiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqing. Sahifada topshiriladigan hujjatlar roʻyxati ham berilgan.
  8. Sahifaning yuqori oʻng tarafidagi Apply Now yozuvini bosing va ariza topshiring. Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
  9. Grant haqida esa barcha ma’lumot bilan: shu yerda va shu yerda Arizani shu yerdan yuklab olib toʻldiring va 17-maygacha scholarships@hughes.cam.ac.uk manziliga joʻnating.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 193 ball), CPE A yoki B (har bir boʻlimdan kamida 200 ball) boʻlishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.

Oʻqishga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: shu yerda.

Natijalar 2020-yil 31-mayda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: scholarships@hughes.cam.ac.uk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!