×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun 10 000 funt sterling grant; joy – 15 ta


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1688 marta

Buyuk Britaniyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi Strathclyde Business School Deans Excellence Scholarships for First Class Degrees – International Students dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Strathclyde Business Schoolning 2019-yil sentabrda boshlanadigan 15 nafar magistratura bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Grant bir yilga quyidagi kurslar talabalariga taalluqli:

  • Accounting and finance
  • Economics
  • Entrepreneurship
  • Human resource management
  • Marketing
  • Business
  • Strategy and organization
  • Hospitality and tourism
  • Management
  • Management science

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Strathclyde 2019-2020-oʻquv yiliga magistratura kurslarida oʻqish toʻlovi kurslarga koʻra farq qiladi va kontrakt taxminan 19 500 – 21 150 funt sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasining “Fees&funding” boʻlimida berilgan.

Grant yutib olgan 15 nafar nomzodga kontraktdan 10 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod tegishli soha boʻyicha BA/BSc bakalavr bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza berishdan avval universitetning 2019-yil sentabrda boshlanadigan Strathclyde Business Schoolning yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga taklifnomani olgan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod kunduzgi boʻlimda chet ellik (overseas) talaba statusida boʻlishi kerak.
  5. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida 2:1 boʻlishi talab qilinadi.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,0-7,0 boʻlishi kerak.
  7. Nomzodlar grant uchun eng yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va faolligi, salohiyati bilan saralangani uchun, talaba ushbu fazilatlarni koʻrsatib bera olishi lozim,
  8. Grant yutib olgan nomzodlar grant doirasida universitet hamda guruhda tashkil etiladigan tadbirlar, volontyorlik, ijtimoiy faoliyat va Alumni talabalar jamiyati hayotida faol ishtirok etishlari lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning 2019-yil sentabrda boshlanadigan Strathclyde Business Schoolning yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan magistratura kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Dedlayn muddati 2019-yil 31-iyulgacha.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab universitet rasmiy kurslar sahifasidan kerakli kursni tanlang.
  2. Qanday qilib ariza berish haqidagi ma’lumotlarini: shu yerdan batafsil oʻqib chiqing.
  3. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasida berilgan.
  4. Kurs sahifasida koʻrsatilgan link orqali ariza bering.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • BA/BSc bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 bo‘lishi lozim.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,5 ball (barcha qismlardan kamida 5,5) yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma yoki sponsor letter.
  • Portfolio soʻralishi mumkin.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: sbs.admissions@strath.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!