×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun 10 ming funt sterling grant


Grant

MUHLAT

01.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2091 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Kent universiteti magistratura kurslari uchun ajratilgan Brussels School of International Studies Scholarship grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda. Ushbu grant universitetda o’qitiladigan MA yoki LLM kurslari uchun ajratilgan bo’lib, grant uchun dunyoning barcha hududlaridan bo’lgan talabalar hujjat topshirishlari mumkin. Grant dasturidan asosiy maqsad universitetga qabul qilingan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Kent universitetida o’qitiladigan barcha kurslar haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga o’qish kontraktiga yo’naltirish uchun 10000 funt sterling mablag’ beriladi. Universitetdagi barcha kurslar kontrakt miqdorlari haqida batafsil ma’lumot bu yerda. Brussels School of International Studies grant dasturi doirasida har yili taxminan 130000 funt sterling miqdorida moddiy yordam ajratiladi, shuning uchun taxminan 13 nafar talabaga grant berilishi kutilmoqda.

Talablar:

Grantni yutib olish uchun nomzod avvaliga Kent universitetining ko’rsatilgan magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va baholari a’lo bo’lishi kerak, nomzoddan 4 ballik GPA shkalasida kamida 3.5 ball to’plaganlik talab etiladi.

Kent Universiteti MA va LLM magistratura kurslariga o’qishga kirish uchun qabul talablari quydagicha:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi kerak.
  2. Nomzod bakalavr kursida yaxshi va a’lo baholarga o’qigan bo’lishi zarur.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. MA (Master of Arts) va LLM (Master in Law) kurslari uchun nomzod IELTS’dan kamida 7 ball yoki TOEFL’dan kamida 95 ball olgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga hujjat topshirish uchun nomzod oldin universitetning kerakli magistratura kursiga o’qishga kirgan bo’lishi shartligini eslatib o’tamiz. Grantga hujjat topshirish  2018-yil 1-noyabrdan kechiktirmay uchun onlayn ariza topshirish kerak.

Universitetdagi magistratura kurslariga hujjat topshirish ham onlayn tarzda bo’ladi va chet ellik talabalarning hujjatlari har yili 31-iyulgacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun bu yer orqali o’zingizga kerakli kursni topgach, shu kurs sahifasidagi “apply” tugmasini bosishingiz kerak.

Ma’lumot uchun  internationalstudent@kent.ac.uk  elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!