×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun 100% grant va bepul turar-joy!


Grant

MUHLAT

05.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2770 marta

Buyuk Britaniyadagi o’qituvchilar tayyorlash va ta’lim sohasida tadqiqot olib borishga ixtisoslashgan nufuzli oily ta’lim muassasalaridan biri University College London tarkibidagi University of Education London 2019-yilgi Centenary Taught Masters Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan talabalarga beriladi. Dasturdan maqsad iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlash. Magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaning o’qish kontrakti va turar-joy xarajatlari grant tashkilotchilari tomonidan qoplab beriladi. Yashash vas afar xarajatlari kabi boshqa chiqimlar talabaning o’z zimmasida bo’ladi.

Talablar:

Grantlar o’qishga qabul qilingan talabalar ichida eng yuqori ko’rsatkichlarga egalariga belgilanadi. Grant yutib olish uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod belgilangan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak (O’zbekiston fuqarolari ham hujjat topshirishlari mumin).
  2. Grantga ariza berilgan vaqtda nomzod 2019-yil oktabrda boshlanishi kutilayotgan Magistratura kursiga o’qishga qabul qilinib bo’lgan bo’lishi kerak.
  3. Grantlar moddiy jihatdan kam ta’minlangan, yiliga 8000 AQSh dollaridan kam daromad qilayotgan nomzodlarga beriladi.
  4. Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 7.0 yoki shunga teng darajada bilishi kerak.
  5. Nomzod ilgari Angliyada bo’lmagan bo’lishi zarur (o’qish va ishlash maqsadida).
  6. Nomzodning yutuqlari va akademik ko’rsatkichlari yuqori bo’lishi zarur.

University of Education London magistratura kurslariga o’qishga qabul uchun talablari bu yerdagi kurslarning sahifalarida berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirish uchun avvaliga magistratura kursiga hujjat topshirish zarur. Kursga qabul qilingan talabalarga, agar grant talablariga mos bo’lishsa, Universitet tomonidan grantga hujjat topshirish tafsilotlari berilgan email jo’natiladi. Shu emaildagi ma’lumot asosida grantga hujjat topshiriladi. Agar nomzod rasmiy saytda ko’rsatilgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lsa va boshqa talablarga ham mos bo’lsa-yu, magistratura kursiga qabul qilinib ham grant haqida email olmasa, IOEinternational@ucl.ac.uk elektron manziliga murojaat qilib muammo haqida xabar berishlari kerak. Email olingach, grantga arizani 2019-yil 5-aprelgacha topshirish kerak. Natijalar 10-maygacha qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun international@ucl.ac.uk elektron manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!