×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun 10000 funt sterling stipendiya; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2947 marta

Shotlandiya (Buyuk Britaniya)da joylashgan Glazgow Universitetining University International Leadership Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitetda o’qitiladigan magistratura kurslariga (taught master degree) to’lov shartnoma asosida o’qishga qabul qilingan eng iqqtidorli chet ellik talabalarga beriladi. Dasturdan maqsad umidli talabalarni moddiy jihatdan rag’batlantirish. Grant dasturida ishtirok etadigan magistratura kurslari ro’yxati bilan SHU YERDAtanishishingiz mumkin (deyarli barcha yo’nalish mavjud).

Hujjat topshirish muhlati: Hujjat topshirish muhlati magistrlik yo’nalishlariga qarab farq qiladi – ba’zi yo’nalishlarniki 2019-yilning 31-martigacha, ba’zilarini 2019-yilning 21-iyuligacha. Hujjat topshirish muhlati bilan kerakli kursni tanlash orqali tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaning kontrakt to’loviga 10000 funt sterling chegirma qilinadi. Dastur doirasida 20 nafar talaba uchun grant ajratilgan.

Kontrakt haqida

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:

  1. Nomzod Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarosi bo’lmasligi kerak.
  2. Nomzod Glazgo Universiteti Taught Masters magistratura kurslaridan biriga shartoma asosida o’qishga qabul qilingan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod yuksak akademik va boshqa turdagi yutuqlarga erishgan bo’lishi zarur.
  4. Nomzod bakalavr kursida olgan baholari imtiyozli bo’lishi zarur.

Magistratura kurslariga qabul uchun umumiy talablar:

  1. Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi va diplom yo’nalshi magistratura kursi yo’nalishiga mos bo’lishi zarur.
  2. Nomzodning baholar yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Har bir kurs uchun ingliz tili va boshqa jihatlarga qo’yilgan talablar turlicha, aniq ma’lumot olish uchun bu yerga bosing. Glazgo universitetida ingliz tili kurslari ham mavjud.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun alohida ariza berish shart emas. Magistratura kursiga hujjatlar topshirilgach, qabul jamoasi eng yuqori ko’rsatkichlarga ega va kursga qabul qilingan nomzodlarni grant uchun saralash bosqichiga o’tkazadi, bu haqda talabalarga ham xabar beriladi. Eng yuqori ko’rsatkichlarga (yutuqlar, baholar) ega 20 nafar talabaga esa grant belgilanadi.

Magistratura kurslariga hujjat topshirish uchun bu yerda ko’rsatilgan ro’yxatdan kerakli kursni topib,shu kurs sahifasidan “apply” tugmasini bosish orqali hujjat topshiriladi.

Magistratura kursiga hujjat topshirishda kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi.
  2. Baholar (diplom ilova).
  3. Tavsiyanomalar.
  4. Yuqoridagi hujjatlarning rasmiy tarjimalari.
  5. Til sertifikati (qaysi kurs uchun qanday til darajasi talab qilinishini bilish uchun sizga kerakli kurs sahifasidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing).
  6. Passport nusxasi.
  7. Yutuqlar, sertifikar, mukofot va shu kabi qo’shimcha materiallar.

Magistratura kurslariga qabul jarayoni haqida batafsil

Har bir kurs sahifasiga kirilganda u yerda shu kursning davomiyligi, kontrakt miqdori, grant dasturlari, ingliz tili va boshqa talablar hamda hujjat topshirish muhlati haqida batafsil yozilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!