Angliyaning London shahrida joylashgan Birkbeck University of London 2019-yilning kuzidan boshlanadigan kurslar uchun School of Law Postgraduate Fee Awards For Master’s Students dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi The School of Law at Birkbeck – Huquqshunoslik Oliy maktabining magistratura (Master’s programme) kurslarida o`qishni istagan talabalarga beriladi. Grantlar bir-ikki yilga moʻljallangan.
Grant The School of Law at Birkbeck ning quyidagi kurslarida o`qish uchun beriladi:
- LLM/MA Human Rights
- LLM/MA Criminal Law and Criminal Justice
- LLM Constitutional Politics, Law and Theory
- LLM International Economic Law, Justice and Development
- LLM Law
- MSc Criminology
- MSc Global Criminology
Grant kimlar uchun?
Huquq bo`yicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
The School of Law at Birkbeck magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba yiliga taxminan 16 800 funt-sterling kontrakt to`laydi. Mahalliy va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlarlar vakillari esa 11 000 funt-sterling to`laydi. O`qish kunduzgi bo`limda bir yil, sirtqi bo`limda esa ikki yil davom etadi.
Grant yutib olgan chet ellik nomzodga kontrakt pulining 11 000 funt-sterlinggacha qismi to`lab beriladi. Ya’ni, mahalliy va YeI davlatlari fuqarolari to`laydigan kontrakt miqdoriga teng pul beriladi. Grant yutib olgan sirtqi bo`lim talabasiga 50% (5500 funt-sterling) pul beriladi.
Grant nomzodning turar joy, tibbiy sug`urta, o`quv qurollari kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun bu sarflar hamda kontrakt pulining qolgan qismini nomzodning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari grantga ariza bera oladilar.
- Nomzod universitetning yuqorida ko`rsatilgan magistratura kurslaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim. Grant uchun kamida 2:1/2:2 daraja talab qilinadi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida ko`rsatilgan. Odatda IELTS kamida 7,0 talab qilinadi.
- Bakalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning yuqoridagi ro`yxatda ko`rsatilgan magistratura kurslaridan biriga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval o`qishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga va o`qishga arizalar 2019-yil 30-iyunga qadar qabul qilinadi. Grantga ariza berish uchun nomzodga kamida shartli joy taklif qilingan bo`lishi kerak. Demak, o`qishga iloji boricha erta hujjat topshirish lozim.
O`qishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval http://www.bbk.ac.uk/study/2019/postgraduate/subject/law/ qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang.
- Tanlangan dastur uchun o`qishga qabul talablari bilan tanishing.
- Entry requirements bo`limida kirish talablari haqida yozilgan.
- Fees bo`limida kontrakt to`lovi va qanday to`lash mumkinligi haqida aytilgan.
- How to apply bo`limida hujjat topshirish tartibi ko`rsatilgan. APPLY NOW: FULL-TIME yoki PART TIME yozuvini bosib, arizani to`ldirish va kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`natish lozim.
- Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasida berilgan Contact the Department ga murojaat qilinadi.
Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun ariza shakli toʻldiriladi va dedlaynga qadar law-pgt-pgr@bbk.ac.uk manziliga jo`natiladi.
Hujjatlar tarkibi:
- Ariza.
- Diplom va diplom ilovasi. Baholar O`zbekiston fuqarolari uchun kamida 70-79%/2:2 bo`lishi kerak.
- Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 so`raladi.
- Ikkita tavsiyanoma.
- Qoʻshimcha hujjat sifatida esse yoki motivatsion xat talab qilinishi mumkin.
Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari va yutuqlari, yuqori o`zlashtirish ko`rsatkichi, sohaga tegishli kasbiy bilim va tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.
Bog`lanish uchun: law-pgt-pgr@bbk.ac.uk