×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun 12 500 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

14.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2349 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Brunel University London magistratura kurslari uchun moʻljallangan NSIRC Scholarships Terms and Conditions 2019/20 dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning MSc Structural Integrity (Asset Reliability Management) va MSc Oil and Gas Engineering magistratura kurslarining a’lochi talabalarini moliyaviy ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant bir marta beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba MSc Structural Integrity (Asset Reliability Management) va MSc Oil and Gas Engineering magistratura kurslari uchun 18 720 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan talabaga bir martalik 12 500 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod univeristetning 2019-yil sentabr yoki 2020-yil yanvar oyida boshlanadigan MSc Structural Integrity (Asset Reliability Management) yoki MSc Oil and Gas Engineering magistratura kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  4. London Brunel International College (LBIC) orqali oʻqishga kirgan nomzodlar ushbu grantga aiza bera olmaydi.
  5. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun baholar GCE AAB/ 2:2 yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0 ball talab qilinadi.
  7. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  8. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.
  9. Nomzod 3000 funt-sterling deposit toʻlovini toʻlashi kerak.

Grant talablari va shartlari haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetening MSc Structural Integrity (Asset Reliability Management) yoki MSc Oil and Gas Engineering magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish lozim. Grantga hujjat topshirish uchun dedlayn muddati 2019-yilning 14-iyunga qadar. Oʻqishga hujjat topshirish esa 30-iyungacha. Grant yutib olishni istagan talabalar ertaroq ariza berishlari kerak boʻladi.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Magistraturaga hujjat berish haqida: shu yerdama’lumot berilgan.
  2. Oʻqishga hujjat topshirish MSc Structural Integrity (Asset Reliability Management) va MSc Oil and Gas Engineering kurslarining sahifasida amalga oshiriladi.
  3. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatida Oʻzbekiston koʻrsatilmagan, shuning uchun talablarni aniqlash international-admissions@brunel.ac.uk manzili yoki 44 (0)1895 265265 raqamidan aniqlanadi.

Grantga ariza berish. Ariza shaklini onlayn tarzda kurs sahifasida toʻldirib, 14-iyungacha joʻnatish kerak.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar kamida yaxshi, ya’ni AAB yoki 2:2 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0 (har bir qismdan kamida 5,5) ball boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.
  6. Tier4 viza soʻraladi.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar 1-sentabrgacha elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: scholarships@brunel.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!