×

Buyuk Britaniya: magistratura uchun 27 700 funt sterling grant!


Grant

MUHLAT

05.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2143 marta

Shotlandiyaning Edinburg shahrida joylashgan University of Edinburgh oliygohi tarix fanining turli yo’nalishlari bo’yicha bir yillik magistratura kursida o’qishni xohlovchi talabalarni The Fennell Masters Scholarship grant dasturiga hujjat topshirishga taklif etadi. Ushbu grant o’qish to’lovini to’liq qoplash va mablag’ning qolgan qismini talabaga stipendiya sifatida berish uchun mo’ljallangan. Dasturga Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlardan bo’lgan chet ellik talabalar ariza topshirishlari mumkin. Grant quyidagi yo’nalishlar uchun ajratiladi:

  • MSc American History
  • MScContemporary History
  • MSc by Research Economic and Social History
  • MScHistory
  • MSc by Research History I (Arts Division)
  • MScby Research History (Scottish History Division)
  • MScIntellectual History
  • MSc Medieval History
  • MScScottish History

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dastur doirasida grant yutib olgan talabaga magistratura kursi (1 yillik) uchun 27 700 funt sterling (taxminan 35 990 AQSh dollari) miqdoridagi mablag’ ajratiladi. Mukofot talaba kontrakt to’lovini to’lash va qolgan summani oylik stipendiya sifatida berishga mo’ljallangan.

Universitetda tahsil olish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

  • Nomzod Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi kerak
  • Nomzod University of Edinburgh oliygohiga tarix fanining belgilangan yo’nalishlari bo’yicha magistratura kursiga kunduzgi (full time) tartibda hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod a’lochi bo’lishi zarur
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim
  • Nomzod Buyuk Britaniyaning upper second class yoki first-class honors degree darajasiga yoxud unga tenglashtirilgan darajaga (bu odatda O’zbekistondagi bakalavr/magistr darajasiga to’g’ri keladi) ega bo’lishi zarur. Batafsil
  • Nomzod tanlagan yo’nalishi bo’yicha ish tajribasiga ega bo’lishi, maqola va nashrlar chop ettirgan bo’lishi maqsadga muvofiq.

Nomzodga qo’yilgan talablar haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

The Fennell Masters Scholarship grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo University of Edinburgh oliygohining History Masters Programme yo’nalishi bo’yicha magistratura kursiga hujjat topshirishi zarur. Bu jarayon nomzoddan 5 ish kuniga qadar vaqtni talab etadi. So’ngra, https://www.myed.ed.ac.uk manzili orqali grant dasturiga ariza topshiriladi. Ariza topshirishda muammoga duch kelgan nomzodlar http://www.ed.ac.uk/student-systems/support-guidance manzili orqali yordam olishlari mumkin. Natijalar 2019-yilning may oyida quyidagi sahifada e’lon qilinadi:

http://www.ed.ac.uk/history-classics-archaeology/graduate-school

Universitetga kirish uchun talab etiladigan hujjatlar:

  1. Ariza
  2. Bakalavr/magistr diplomi. Batafsil ma’lumot
  3. Baholar/diplom ilovasi
  4. Til sertifikati. IELTS 6.5 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball yoki TOEFL iBT 92 ball va undan baland
  5. 2 ta tavsiyanoma
  6. Shaxsiy bayonot (Personal Statemant)
  7. Tanlangan yo’nalish bo’yicha qatnashilgan dasturlar, olingan mukofot/sertifikatlar, yozilgan maqola va nashrlar (agar mavjud bo’lsa)

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: +44 (0) 131 651 4070

Email: msc.pnp@ph.ed.ac.uk yoki studentfunding@ed.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!