×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun to’liq grant va 1000 funt sterling stipendiya; joy – 30ta!


Grant

MUHLAT

17.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4372 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Cranfield University magistraturada o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun Global Manufacturing Leadership Masters Scholarship grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Dasturga qabul qilinishi mo’ljallangan talabalar soni: 30 ta.

O’qish sohasi: Nomzodlar quyidagi sohalardan birini tanlashi mumkin:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo’lga kiritganlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan ta’minlanadi:

  • Kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.
  • 1000 yevro grant taqdim etiladi.

Talablar:

Nomzod grantni qo’lga kiritish uchun quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod yuqorida sanab o’tilgan sohalardan birida  UK First Class Honours degree bakalavrlik diplomiga yoki unga muqobil bakalavr diplomiga ega bo’lishi lozim.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi lozim (minimum: IELTS 6.5, TOEFL 92).
  • Shuningdek, nomzod o’zi tanlagan sohaning talablariga mos bo’lishi lozim.

Magistratura kurslariga qabul qilinishning umumiy talablari bilan SHU YERDA batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Dastlab nomzodlar yuqorida ko’rsatilgan sohalardan magistrlik dasturlaridan biriga topshirishi lozim. Magistrlik kurslaridan biriga onlayn ariza topshirilganda, nomzodga 6 xonali son yuboriladi. Ushbu son eslab qolinishi kerak..
  • Shundan so’ng,  nomzod onlayn ariza formasini  2019-yilning 17-martigacha to’ldirib topshirishi lozim. Ariza formasiga shaxsiy ma’lumotlardan tashqari ko’pi bilan 2500 so’zdan iborat asosnoma (Justification for Support statement) yozilib, PDF shaklida ariza formasiga joylanadi. Asosnoma nomzod shxsini ochib berishi kerak va u GML-xxxxxx.pdf deb nomlanishi kerak (xxxxxx – bu magistrlik kurslaridan biriga hujjat topshirganda yuboriladigan 6 xonali son). Asosnoma quyidagi kriteriyalar bo’yicha baholanadi:
    – 
    Academic achievement
    – Evidence of leadership potential
    – Vision of Manufacturing Future
    – Justification on the course on their career
    – Communication ability

Hujjat topshirish bosqichidan o’tganlar bilan onlayn suhbat bo’lib o’tadi.

Qiziqtirgan savollar yuzasidan  gmlscholarship@cranfield.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!