Angliyaning Liverpul shahrida joylashgan University of Liverpool Hodgson Law Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant mashhur huquqshunos Liverpul Jozef Hodjsonning sharafiga uning turmush o`rtog`i Elizabet Hodjson tomonidan tashkil etilgan. Grant universitetning huquqshunoslik magistratura (postgraduate taught) kursida o`qishni istagan talabalarga beriladi. Grantlar 1 yilga berilishi moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Huquq bo`yicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University of Liverpool LLM magistratura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 16 800 funt-sterling. O`qish kunduzgi bo`limda bir yil davom etadi.
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Bir yil muddatga o`qish puli to`liq qoplanadi.
- Bir yilga 9 135 funt-sterling stipendiya beriladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Yevropa Ittifoqiga aʼzo bo`lmagan hamda Buyuk Britaniyalik bo`lmagan nomzodlar grantga ariza bera oladilar (O`zbekistonliklar ariza berishi mumkin).
- Nomzod universitetning LLM kurslaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim. Grant uchun kamida 2:1 daraja talab qilinadi.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida ko`rsatilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 talab qilinadi.
- Bakalavr va/yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning LLM (postgraduate taught) kurslariga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval o`qishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga va o`qishga arizalar 2019-yil 31-iyulga qadar qabul qilinadi.
O`qishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval https://www.liverpool.ac.uk/study/postgraduate-taught/courses/departments/index.php?department=law qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang. Masalan, LLM general.
- Tanlangan dastur uchun o`qishga qabul talablari bilan tanishing.
- Overview sahifada umumiy ma’lumotlar berilgan.
- Module details sahifasida modul uchun necha kredit yig`ish kerakligi ko`rsatilgan.
- Entry requirements bo`limida kirish talablari haqida yozilgan.
- Fees bo`limida kontrakt to`lovi va qanday to`lash mumkinligi haqida aytilgan.
- Applying bo`limida hujjat topshirish tartibi ko`rsatilgan. Apply yozuvini bosib, ariza to`ldiramiz va kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.
- Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasi o`ng tarafida berilgan manzilga yoki International Teamga murojaat qilish lozim. Universitet qabul komissiyasi mutaxassislari masalaga oydinlik kiritadilar.
Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:
- Ariza.
- Diplom va diplom ilovasi. BA yoki LLB diplomi topshiriladi.
- Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 6,5 so`raladi.
- Ikkita tavsiyanoma.
- Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.
Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun ariza shakli toʻldiriladi va dedlaynga qadar hodgscho@liverpool.ac.uk manziliga jo`natiladi.
Nomzodlarni saralash ularning liderlik qobiliyati, a’lo baholari va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy bilim va tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi;
Bog`lanish uchun: hodgscho@liverpool.ac.uk.