×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun toʻliq grant va 3 500 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3503 marta

Shotlandiyaning Sterling shahrida joylashgan University of Stirling 2019-yilning sentyabr oyidan boshlanadigan MSc Investment Analysis mutaxassisligi boʻyicha tahsil olishni istagan nomzodlardan Karen Napier Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya ikki nafar talaba uchun ikki yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Kontrakt toʻlovi toʻliq qoplab beriladi.
  2. 3500 funt-sterling stipendiya beriladi.

University of Stirlingning MSc Investment Analysis mutaxassisligi boʻyicha oʻqish toʻlovi 2019-2020-oʻquv yili uchun 15 950 funt-sterlingni tashkil etadi. Kontrakt hajmi toʻgʻrisida toʻliq SHU YERDA tanishing.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  3. Grantga ariza berishdan avval University of Stirlingning MSc Investment Analysis dasturiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Yuqori akademik baholarga ega boʻlishi kerak.

Nomzodlar aʼlo akademik baholari, ilmiy salohiyati, ingliz tilini bilishi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirishdan avval University of Stirlingning MSc Investment Analysis yoʻnalishiga oʻqishga kirish kerak. Birinchi universitetga qabul uchun hujjat topshiramiz.

MSc Investment Analysisga hujjat topshirish. Jarayonning ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

  1. MSc Investment Analysis sahifasidan “Entry requirements” boʻlimini tanlaymiz.
  2. Berilgan roʻyxatdan “Uzbekistan”ni koʻrsatamiz.
  3. Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini admissions@stir.ac.uk ekektron manzili yoki +44 (0) 1786 466655 raqamiga bogʻlanib aniqlaymiz (zarur boʻlganda).
  4. Agar ingliz tili koʻrsatilgan talabga javob bermasa, pre-sessional English language coursesda oʻqib, bilimlarni kengaytirish mumkin.
  5. “Apply now” yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Nomzod oʻqigan bakalavriat kursida eng kuchli talabalardan biri boʻlishi kerak.
  2. GMAT/GRE (agar soʻralsa).
  3. Oʻqish uchun moliyaviy holati yetarliligi haqida maʼlumot.
  4. Talabalik vizasi.
  5. Insho (Essay).
  6. Ingliz tilini egallanganlik IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.

Grantga ariza berish. Grantga ariza toʻldirilib, SMSScholarships@stir.ac.uk elektron manziliga quyida berilgan hujjatlar bilan birga 2019-yil 31-maygacha joʻnatiladi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. 700 ta soʻz hajmda esse. Esse sizning oʻqishni tugatgandan keyingi 5 yillik rejalaringiz hamda stipendiya sizga qanday yordam berishi haqida yoziladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

University of Stirling
Stirling
FK9 4LA
Scotland UK

Telefon: +44 (0) 1786 473171
Elektron pochta: SMSScholarships@stir.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!