Angliyaning Sasseks universiteti tarkibidagi Institute of Development Studies (IDS) 2019-2020-oʻquv yili uchun IDS Graduate Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning magistratura bosqichiga oʻqishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan. Dasturga nomzod rivojlanayotgan davlat vakili bo`lishi, yuqori salohiyatli hamda a’lochi talaba bo`lishi lozim. Grant 6 nafar talabaga bir yilga beriladi. Grant talabaning kelgusida o`z vatanidagi muammolarni hal etish borasidagi intilishlarini inobatga oladi.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Institute of Development Studies (IDS) magistratura yoʻnalishlarida o`qish uchun chet ellik talaba 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 16 750 funt-sterling kontrakt to`laydi.
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidahi imkoniyatlar beriladi:
- Bir yilga 16 750 funt-sterlinggacha hajmdagi kontrakt pulini to`liq qoplab
- Bir yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 11 000 funt-sterling stipendiya ajratiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod rivojlanayotgan davlat fuqarosi bo`lishi kerak (O`zbekiston fuqarolari ariza bera oladi).
- Nomzod IDSning magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak. Grant amal qiladigan kurslar ro`yxati: SHU YERDA berilgan.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Odatda baholar 2:1/2:2 bo`lishi talab qilinadi.
- Nomzod kelajakda o`z vatani taraqqiyotiga o`zi tanlagan soha bo`yicha hissa qo`shishni maqsad qilgan bo`lishi lozim.
- Rivojlangan davlatlarda o`qiydigan va ishlaydigan nomzodlar bu grantga ariza topshira olmaydi.
- Nomzod IDS va Sasseks universiteti talablariga mos bo`lishi kerak.
- Nomzod 2019-yil 17-maygacha o`qish uchun taklifni qo`lga kiritgan bo`lishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 7,0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning barcha magistratura kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi oʻzi tanlagan kursga ariza berishi kerak. O`qish javobi chiqmasdan grantga ariza beriladi. Grantga alohida ariza topshirish lozim.
Oʻqishga kirishga dedlayn 2019-yil 1-avgustgacha, grant dasturi uchun esa 30-aprelgacha. Agar grant yutib olishni istasangiz, o`qishga arizani ertaroq topshiring.
O’qishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- Avvalo universitet rasmiy saytidan kerakli kurs tanlanadi.
- Tanlangan kurs sahifasida kurs haqida batafsil maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
- Boʻlimdan “Apply now” yozuvi ostidagi Find out how to apply sahifasiga kirib hujjat topshirish tartibini o`ib chiqing.
- APPLY OR CHECK AN EXISTING APPLICATION yozuvini bosib ariza toʻldiring.
- Talablar boʻyicha soʻralgan hujjatlarni ilova qilib, joʻnating.
- Qoʻshimcha hujjatlar roʻyxatini sahifa oxirida berilgan manzili yoki telefon raqamiga bogʻlanib aniqlang (zarur boʻlganda).
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Ariza. Ariza to`ldirish tartibi yuqorida berilgan.
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:2/2:1 bo`lishi lozim.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 7.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
- Boshqa sertifikatlar. Masalan, tanlangan sohaga qarab GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlagan kursingiz sahifasidan aniqlang.
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma soʻralishi mumkin.
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
- Research proposal yoki esse yozish so`ralishi mimkin.
Qaysi kursga hujjat topshirayotganligingizga qarab boshqa hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.
Grantga ariza berish. Grantga ariza onlayn tarzda to`ldiriladi. So`ralgan hujjatlarni arizaga ilova qilib jo`natiladi.
Nomzodlar grantga moliyaviy yordamga muhtojligi, aʼlo baholari, ish tajribasi (agar ishlagan boʻlsa), ijtimoiy faolligi, kelajakdagi rejalari va o`z vatani rivojiga hissa qo`shish ishtiyoqi asosida saralanadilar.
Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: training@ids.ac.uk