×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 17 175 funt-sterling; tadqiqot uchun 2 000 funt-sterling beriladi!


Grant

MUHLAT

12.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2036 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan London Gigiyena va tropik tibbiyot MaktabiThe London School of Hygiene & Tropical Medicine (LSHTM) tibbiyot sohasiga qiziquvchi magistratura talabalaridan 2020-21 Diana Walford Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 1 yilga moʻljallangan.

Grant rivojlanayotgan davlatlardan kelgan moliyaviy yordamga muhtoj talabalarga berilishi moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Tibbiyot boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

The London School of Hygiene & Tropical Medicine (LSHTM) magistratura kurslarining kontrakt toʻlovi 2020-21-oʻquv yili uchun taxminan 24 200 – 25 770 funt sterling.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Bir yilga 17 175 funt-sterling stipendiya beriladi.
  3. Tadqiqot uchun bir martalik 2 000 funt-sterling mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha rivojlanayotgan davlatlardan nomzodlar ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod oliygogning magistratura dasturlaridan biriga 2020-21-yil uchun ariza berishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va darajasi CEFR B2 va undan yuqori, IELTS 6.0-7.5, TOEFL IBT 80-108 ball boʻlishi talab etiladi.
  4. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tegishli tartibda bakalavr yoki unga tenglashtirilgan daraja sohibi boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 12-fevralga qadar qabul qilinadi. Grant olish uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin grantga alohida ariza beriladi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab shu yerdan kerakli dasturni tanlang.
  2. Shu yerda qanday qilib ariza topshirish haqida oʻqib chiqing.
  3. Shu yerda umumiy talablar bilan tanishing.
  4. Shu yerda oʻqishga ariza bering.
  5. Grantga ariza berish. Shu yerda grant uchun arizani toʻlidirasiz. Ariza toʻldirayotganda supplementary questions formni ham toʻldirib, tizimga yuklash kerak.
  6. Garnt bilan bogʻliq savollar bilan scholarships@lshtm.ac.uk manziliga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar (taxminiy):

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. CV/resume.
  3. Diplom va diplom ilovasi.
  4. Tavsiyanoma.
  5. Ingliz tili sertifikati.

Bogʻlanish uchun: scholarships@lshtm.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!