×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 9 135 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2337 marta

Angliyaning Liverpul shahrida joylashgan University of Liverpool Hodgson Law Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant mashhur huquqshunos Liverpul Jozef Hodjsonning sharafiga uning turmush oʻrtogʻi Elizabet Hodjson tomonidan tashkil etilgan. Grant universitetning huquqshunoslik magistratura (postgraduate taught) kursida oʻqishni istagan talabalarga beriladi. Grantlar 1 yilga moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Huquq boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Liverpool LLM magistratura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 17 650 funt-sterling. Oʻqish kunduzgi boʻlimda bir yil davom etadi.

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Bir yil muddatga oʻqish puli toʻliq qollanadi.
  2. Bir yilga 9 135 funt-sterling stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan hamda Buyuk Britaniyalik boʻlmagan nomzodlar grantga ariza bera oladilar (Oʻzbekistonliklar ariza berishi mumkin).
  2. Nomzod universitetning LLM kurslaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim. Grant uchun kamida 2:1 daraja talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilish zarur. Ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida koʻrsatilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 talab qilinadi.
  5. Bakalavr va/yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning LLM (postgraduate taught) kurslariga oʻqishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga va oʻqishga arizalar 2020-yil 31-iyulga qadar qabul qilinadi.

Oʻqishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval shu yerdan qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang. Masalan, LLM general.
  2. Tanlangan dastur uchun oʻqishga qabul talablari bilan tanishing.
  3. Overview sahifada umumiy ma’lumotlar berilgan.
  4. Module details sahifasida modul uchun necha kredit yigʻish kerakligi koʻrsatilgan.
  5. Entry requirements boʻlimida kirish talablari haqida yozilgan.
  6. Fees boʻlimida kontrakt toʻlovi va qanday toʻlash mumkinligi haqida aytilgan.
  7. Applying boʻlimida hujjat topshirish tartibi koʻrsatilgan. Apply yozuvini bosib, ariza toʻldiramiz va kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnatamiz.
  8. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasi oʻng tarafida berilgan manzilga yoki International Teamga murojaat qilish lozim. Universitet qabul komissiyasi mutaxassislari masalaga oydinlik kiritadilar.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi. BA yoki LLB diplomi topshiriladi.
  3. Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 6,5 soʻraladi.
  4. Ikkita tavsiyanoma.
  5. Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun ariza shakli toʻldiriladi va dedlaynga qadar hodgscho@liverpool.ac.uk manziliga joʻnatiladi.

Nomzodlarni saralash ularning liderlik qobiliyati, a’lo baholari va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy bilim va tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: hodgscho@liverpool.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!