×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun xarajatlar toʻliq qoplanadigan rezidensiya dasturi; transport sarflari toʻlanadi va stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

31.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3682 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan London School of Economics and Political Science universiteti  MSc in Inequalities and Social Science LSE kurslari uchun The Atlantic Fellowships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu magistratura kurslarida oʻqish niyatidagi iqtidorli, umidli va yuksak yetakchilik qobiliyatlariga ega eng munosib talabalarga beriladi.

Dastur davomida magistratura kursida sirtqi holda yoki toʻliq kunduzgi shaklda oʻqish mumkin. Toʻliq kunduzgi oʻqish bir yil boʻladi, sirtqisi esa butun kurs davomida 5 hafta Buyuk Britaniyada boʻlishni talab etadi. Dastur bo’yicha 9 kishiga grant beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida grant berilgan talaba quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  1. Talabaning butun oʻquv kontrakti qoplab beriladi.
  2. 18000 funt sterling stipendiya yashash xarajatlari va transport uchun beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod shu magistratura kursiga hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod  kamida 7-10 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod tanlagan sohasiga chuqur qiziqish bildiradigan, uni targʻib qilishga tayyor va buning uchun yetarli boʻlgan liderlik qobiliyati va potensialga ega boʻlishi zarur.
  6. Nomzod oʻzida kelajakda bu sohada muvaffaqqiyatli ishlay olish uchun yuqori potensial aks ettirishi zarur.
  7. Nomzod ijodiy va innovativ gʻoyalar bera olish darajasida fikrlashi zarur.
  8. Nomzod oʻz oldiga ulkan maqsadlar qoʻygan boʻlishi va ularga yetish uchun harakat qiladigan shaxs boʻlishi kerak. dasturga maqsadlari va imkoniyatlari eng kuchli boʻlgan nomzodlar qabul qilinadi.
  9. Nomzod ijtimoiy va hissiy jihatdan ulgʻaygan shaxs boʻlishi zarur.
  10. Nomzod jamoa boʻlib hamkorlikda ishlash tarafdori boʻlishi kerak.
  11. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi va IELTS’dan kamida 7 ball olgan boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlarga ariza berish uchun magistratura kursiga hujjat topshirish kerak. Hujjatlar 2021-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirish tartibi quyidagicha:

  • Dasturlarga hujjatlar shu yerda qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun onlayn ariza beriladi, bundan oldin esa saytda roʻyxatdan oʻtish kerak boʻladi.
  • Dasturga ariza berishdan avval application process boʻlimini diqqat bilan oʻqib chiqing va ariza topshiring.
  • Saralash mezonlari bilan shu yerda tanishing.
  • Qoʻshimcha ma’lumot uchun savol-javoblarni koʻrib chiqishingiz mumkin.

Murojaat uchun: afsee@lse.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!