×

Buyuk Britaniya: Magistratura va PhD bosqichi uchun 50 ta to’liq grant!


Grant

MUHLAT

09.03.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1797 marta

Buyuk Britaniyaning Nottingham universiteti magistratura yoki PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur maqsadi – iqtidorli talabalrni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Ta’lim sohasi: Nomzodlar Nottingham universitetida mavjud quyidagi fakultetlar va ular dagi yo’nalishlarni tanlashi mumkin:

  • Faculty of Arts;
  • Faculty of Medicine and Health Sciences;
  • Faculty of Science;
  • Faculty of Social Sciences.

Fakultetlardagi yo’nalishlar bilan tanishish uchun SHU YERGA tashrif buyuring.

Dasturga qabul qilishi mo’ljallangan talabalar soni: 50 ta.

Grant kimlar uchun?

Magistratura yoki PhD bosqichida oq'ishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qo’lga kiritgan nomzodga kontrakt puli to’liq to’lab beriladi.

Talablar:

  • Nomzod xorijiy talaba bo’lishi lozim.
  • Nomzod Nottingham universitetidagi yo’nalishlardan biriga (PhD yoki Magistratura) qabul qilingan bo’lishi kerak. O’qish 2018-yilning 1-oktabridan boshlanadi.
  • Nomzod o’zi tanlagan yo’nalishning barcha talabariga mos tushishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Ushbu grantga ariza topshirish uchun dastlab nomzodlar Nottingham universitetining birorta yo’nalishiga hujjat topshirshi va unga qabul qilinishi lozim. Qabul qilingach, universitet akkauntining MyNottingham bo’limidan grant dasturiga ariza topshiriladi. Ariza topshirish 2018-yilning 9-martidan kechikmasligi kerak.

Universitet yo’nalishlaridan ro’yxatdan o’tish va batafsil ma’lumot olish uchun SHU YERGA kiring.

Rasmiy vakil ismi:

University of Nottingham

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!