Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Queen Mary University of London (QMUL) universiteti magistratura va doktorantura bosiqchida oʻz tadqiqot ishlarini davom ettirmoqchi boʻlgan chet ellik talabalar uchun 2020-yilgi CCLS & ESRC LISS CASE PhD Studentship – Digital Trade grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar ushbu universiteting The Centre for Commercial Law Studiesda raqamli tijorat boʻyicha MRes, PhD hamda 3+1, ya’ni MRes+PhD binar ilmiy daraja olish uchun qabul talablariga javob beruvchi eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, bir – uch yilga beriladi.
Universitet The Centre for Commercial Law Studiesda oʻqitiladigan PhD kurslari haqida batafsil ma’lumot shu yerda keltirilgan.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturi doirasida talaba YeI va Buyuk Britaniyalik mahalliy talabalar toʻlaydigan miqdordagi kontrakt toʻlovidan ozod etiladi va unga yiliga 17 009 funt sterling miqdorida stipendiya beriladi. Nomzod chet ellik talaba va YeI va Buyuk Britaniyalik mahalliy talabalar toʻlaydigan kontrakt farqini oʻzi toʻlaydi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
- Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan yakunlagan boʻlishi lozim.
- Nomzod QMUL qabul talablariga toʻliq javob berishi lozim. Bu talabga mos bolmagan talabalar – MRes in International Economic Law kursiga oʻqisga kirishi kerak. Ushbu talablarga mos boʻlgan nomzodlar esa PhD kursiga oʻqishga ariza berishi kerak.
- Nomzodning oʻz sohasi doirasida ish tajribasiga ega ekanligi grant yutish imkoniyatini kengaytiradi.
- Nomzod PhD ilmiy tadqiqot ishi uchun ilmiy rahbar tanlashi lozim boʻladi. Ilmiy rahbarlar haqida shu yerda ma’lumotga ega boʻlishingiz mumkin.
- Nomzoddan ma’lum bir sohaga oid tanlagan tadqiqot taklifi – research proposalni taqdim etish soʻraladi.
- Doktorantura kurslariga oʻqishga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. ingliz tili darajasiga talablar turli kurslar uchun turlicha boʻlishi mumkin. Batafsil: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
QMUL Universiteti doktorantura grantarini yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, talabga mos bolmagan talabalar – MRes in International Economic Law kursiga oʻqisga kirishi kerak. Ushbu talablarga mos boʻlgan nomzodlar esa PhD kursiga oʻqishga ariza berishi kerak.
Universitet doktorantura kurslariga arizalar 2020-yil 2-martgacha qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- MRes in International Economic Law kursiga yoki PhD kursiga ariza.
- Research proposal.
- CV/Resume.
- Motivetsion xat/statement.
- Bakalavr yoki magistr diplomi va ilovasi.
- 2ta tavsiyanoma.
- LISS DTP Collaborative (CASE) dasturida ishtirok etish haqida hujjat.
Ma’lumot uchun skehan@qmul.ac.uk, g.gari@qmul.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.