×

Buyuk Britaniya: Magistratura va PhD tadqiqoti uchun 30 000 funt-sterling grant; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2058 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Brunel University London PhD va magistratura bosqichi uchun 2021-yilgi NSIRC Scholarships in Structural Integrity dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning The National Structural Integrity Research Centre (NSIRC)da magistratura va PhD dissertatsiyasi tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Dasturga nomzod eng a’lochi va muhandislik va yoki sohaga tegishli bakalavr/magistr ilmiy darajasiga ega bo‘lishi lozim. Grant 3 yilga beriladi.

Stipendiya taalluqli bo`lgan kurslar:

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidahi imkoniyatlar beriladi:

  1. Uch yilga kontrakt pulini to‘liq qoplab beriladi.
  2. Uch yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 30 000 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod Brunel universitetining National Structural Integrity Research Centre (NSIRC) magistratura yoki PhD kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur. Baholar 2:1 bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 6,5 (barcha bo‘limlardan kamida 6,0) bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod chemical engineering yoki mos keladigan soha bo‘yicha bakalavr/magistr (First Class Honours degree at Master’s level yoki 2:1) diplomiga ega bo‘lishi kerak.

Grant bo‘yicha barcha talablar: shu yerda batafsil berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar Brunel universitetining National Structural Integrity Research Centre (NSIRC)da o`qitiladigan magistratura yoki PhD kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi shu kurslardan mos keladiganiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn – 2020-yil 31-dekabr.

O‘qish va grantga qanday hujjat topshirish kerakligi va talablar: shu yerda berilgan.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Personal statement.
  • Magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 bo‘lishi lozim.
  • 2 ta tavsiyanoma bera oladigan shaxslarning kontaktlari. Beriladigan elektron pochta manzillari rasmiy ish joyi/institut va boshqa idoralarga tegishli bo‘lishi kerak. Shaxsiy e-maillar qabul qilinmaydi. Tavsiyanomalarni o‘zingiz tizimga yuklamang. Tavsiyanomani taqrizchi o‘zi jo‘natishi kerak bo‘ladi.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,5 yoki ro‘yxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Ish tajribangiz haqida ma’lumot so‘ralishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Hujjatlari birinchi saralashdan o‘tgan nomzodlar bilan noyabr yoki dekabr oyida suhbat o‘tkaziladi.

Grantga hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda va shu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga kimyo sohasidagi aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari, suhbat natijalari kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dekabr oyi oxirigacha xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: shu yerga  murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!