Angliyaning London shahrida joylashgan Birkbeck University of London 2019-yilning kuzidan boshlanadigan kurslar uchun World Citizen Talent Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet magistratura kurslarida o`qishni istagan talabalarga beriladi. Grantlar bir-ikki yilga moʻljallangan.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Birkbeck University of London magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba yiliga taxminan 16 800 – 19 000 funt-sterling kontrakt to`laydi.
Grant yutib olgan chet ellik nomzodga kontrakt pulining 5 000 funt-sterlinggi to`lab beriladi..
Grant nomzodning kontrakt pulini qisman qoplaydi. Turar joy, tibbiy sug`urta, o`quv qurollari kabi boshqa xarajatlar hamda kontrakt pulining qolgan qismini nomzodning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari grantga ariza bera oladilar.
- Nomzod universitetning MA/MSc/MPhil/LLM kabi magistratura kurslaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim. Grant uchun kamida 2:1/2:2 daraja talab qilinadi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Odatda IELTS kamida 6,5-7,0 bo`lishi talab qilinadi. Bu haqida aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
- Nomzod tanlagan sohasi bo`yicha bakalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning magistratura kurslaridan biriga o`qish uchun beriladi. Shuning uchun avval o`qishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga va o`qishga arizalar 2019-yil 2-iyunga qadar qabul qilinadi.
O`qishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- Avval http://www.bbk.ac.uk/international qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang.
- Tanlangan dastur uchun o`qishga qabul talablari bilan tanishing.
- Entry requirements bo`limida kirish talablari haqida yozilgan.
- Fees bo`limida kontrakt to`lovi va qanday to`lash mumkinligi haqida aytilgan.
- How to apply bo`limida hujjat topshirish tartibi ko`rsatilgan. APPLY NOW: FULL-TIME yoki PART TIME yozuvini bosib, arizani to`ldirish va kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`natish lozim.
- Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasida berilgan manzilga murojaat qilinadi.
Grantga ariza berish. Grant uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi va 1000 ta so`zgacha hajmda yozilgan esse bilan birga jo`natiladi. Esse nomzodning madaniy kelib chiqishi hamda universitet hayotiga qanday o`zgarishlar olib kira olishi haqida yozilishi kerak.
Hujjatlar tarkibi:
- Diplom va diplom ilovasi. Baholar O`zbekiston fuqarolari uchun kamida 70-79%, ya’ni 2:2 bo`lishi kerak.
- Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 6,5-7,0 so`raladi.
- Ikkita tavsiyanoma.
- Qoʻshimcha hujjat motivatsion xat talab qilinishi mumkin.
- Moliyaviy ahvoli haqida ma’lumotnoma so`ralishi mumkin.
Nomzodlarni saralash ularning yozgan essesi, a’lo baholari va yutuqlari, yuqori o`zlashtirish ko`rsatkichi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi;
Bog`lanish uchun: international-office@bbk.ac.uk