×

Buyuk Britaniya: Magistraturada o`qish uchun 5 000 funt sterling grant


Grant

MUHLAT

02.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1186 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Birkbeck University of London 2019-yilning kuzidan boshlanadigan kurslar uchun World Citizen Talent Scholarships  dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet magistratura kurslarida o`qishni istagan talabalarga beriladi. Grantlar bir-ikki  yilga moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Birkbeck University of London magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba yiliga taxminan 16 800 – 19 000 funt-sterling kontrakt to`laydi.

Grant yutib olgan chet ellik nomzodga kontrakt pulining 5 000 funt-sterlinggi to`lab beriladi..

Grant nomzodning kontrakt pulini qisman qoplaydi. Turar joy, tibbiy sug`urta, o`quv qurollari kabi boshqa xarajatlar hamda kontrakt pulining qolgan qismini nomzodning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning MA/MSc/MPhil/LLM kabi magistratura kurslaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim. Grant uchun kamida 2:1/2:2 daraja talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Odatda IELTS kamida 6,5-7,0 bo`lishi talab qilinadi. Bu haqida aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  5. Nomzod tanlagan sohasi bo`yicha bakalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning magistratura kurslaridan biriga o`qish uchun beriladi. Shuning uchun avval o`qishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga va o`qishga arizalar 2019-yil 2-iyunga qadar qabul qilinadi.

O`qishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval http://www.bbk.ac.uk/international qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang.
  2. Tanlangan dastur uchun o`qishga qabul talablari bilan tanishing.
  3. Entry requirements bo`limida kirish talablari haqida yozilgan.
  4. Fees bo`limida kontrakt to`lovi va qanday to`lash mumkinligi haqida aytilgan.
  5. How to apply bo`limida hujjat topshirish tartibi ko`rsatilgan. APPLY NOW: FULL-TIME yoki PART TIME yozuvini bosib, arizani to`ldirish va kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`natish lozim.
  6. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasida berilgan manzilga murojaat qilinadi.

Grantga ariza berish. Grant uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi va 1000 ta so`zgacha hajmda yozilgan esse bilan birga jo`natiladi. Esse nomzodning madaniy kelib chiqishi hamda universitet hayotiga qanday o`zgarishlar olib kira olishi haqida yozilishi kerak.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Diplom va diplom ilovasi. Baholar O`zbekiston fuqarolari uchun kamida 70-79%, ya’ni 2:2 bo`lishi kerak.
  2. Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 6,5-7,0 so`raladi.
  3. Ikkita tavsiyanoma.
  4. Qoʻshimcha hujjat motivatsion xat talab qilinishi mumkin.
  5. Moliyaviy ahvoli haqida ma’lumotnoma so`ralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning yozgan essesi, a’lo baholari va yutuqlari, yuqori o`zlashtirish ko`rsatkichi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi;

Bog`lanish uchun: international-office@bbk.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!