×

Buyuk Britaniya: Magistraturada oʻqish uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

28.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1510 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Birkbeck University of London 2020-yilning kuzidan boshlanadigan kurslar uchun Birkbeck International Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet magistratura kurslarida oʻqishni istagan talabalarga beriladi. Grantlar bir yilga moʻljallangan. Grant turli madaniy xilma-xil boʻlgan nomzodlarning universitet hayotiga yangiliklar olib kirishi, madaniy bagrikenglikni ta’minlash uchun tashkil qilingan.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Birkbeck University of London magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba yiliga taxminan 16 800 – 19 000 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan chet ellik nomzodga kontrakt pulining 1 000, 1 500, 2 000, 4 000 funt-sterlinggacha qismi toʻlab beriladi.

Grant nomzodning kontrakt pulini qisman qoplaydi. Turar joy, tibbiy sugʻurta, oʻquv qurollari kabi boshqa xarajatlar hamda kontrakt pulining qolgan qismini nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning MA/MSc/MPhil/LLM kabi magistratura kurslaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim. Grant uchun kamida 2:1/2:2 daraja talab qilinadi.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Odatda IELTS kamida 6,5-7,0 boʻlishi talab qilinadi. Bu haqida aniq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang.
  5. Nomzod tanlagan sohasi boʻyicha bakalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning magistratura kurslaridan biriga oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga va oʻqishga arizalar 2020-yil 28-avgustga qadar qabul qilinadi.

Oʻqishga hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avval qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang.
  2. Tanlangan dastur uchun oʻqishga qabul talablari bilan tanishing.
  3. Entry requirements boʻlimida kirish talablari haqida yozilgan.
  4. Fees boʻlimida kontrakt toʻlovi va qanday toʻlash mumkinligi haqida aytilgan.
  5. How to apply boʻlimida hujjat topshirish tartibi koʻrsatilgan. APPLY NOW: FULL-TIME yoki PART TIME yozuvini bosib, arizani toʻldirish va kerakli hujjatlarni ilova qilib, joʻnatish lozim.
  6. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasida berilgan manzilga murojaat qilinadi.

Grantga ariza berish. Grant uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi. Baholar Oʻzbekiston fuqarolari uchun kamida 70-79%, ya’ni 2:2 boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aniqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 soʻraladi.
  4. Ikkita tavsiyanoma.
  5. Qoʻshimcha hujjat motivatsion xat talab qilinishi mumkin.
  6. Moliyaviy ahvoli haqida ma’lumotnoma soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning yozgan essesi, a’lo baholari va yutuqlari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga dedlayn muddatidan keyin tez vaqt ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: international-office@bbk.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!