×

Buyuk Britaniya: Magistraturada oʻqish uchun 7 000 funt sterling grant; joy – 30 ta


Grant

MUHLAT

31.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1473 marta

Buyuk Britaniyaning Glazgou shahrida joylashgan University of Strathclyde navbatdagi Strathclyde Business School Masters Scholarships for International Students dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Strathclyde Business Schoolning 2019-yil sentabrda boshlanadigan 30 nafar magistratura bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga beriladi. Grantga nomzod talaba boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatlariga ega hamda a’lochi va salohiyatli boʻlishi talab qilinadi. Grant yutib olgan talabalar universitet tomonidan tashkil etilgan tadbirlarga faol qatnashishi, volontyorlik bilan shugʻullanishi va boʻlajak talabalar bilan suhbatlar olib borishi hamda talabalar jamiyati lideri boʻlishi lozim. Shuningdek, ular universitet reklama kampaniyalarida ham qatnashadilar.

Grantlar Strathclyde Business Schoolning quyidagi kurs talabalariga beriladi:

  • Accounting and finance
  • Economics
  • Entrepreneurship
  • Human resource management
  • Marketing
  • Business
  • Strategy and organization
  • Hospitality and tourism
  • Management
  • Management science

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Strathclyde 2019-2020-oʻquv yiliga magistratura kurslarida oʻqish toʻlovi kurslarga koʻra farq qiladi va kontrakt taxminan 19 500 – 21 150 funt sterlingni tashkil etadi. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasining “Fees&funding” boʻlimida berilgan.

Grant yutib olgan 30 nafar nomzodga kontraktdan 7 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod Strathclyde Business Schoolning yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida 2:1 boʻlishi talab qilinadi.
  4. Nomzod tegishli soha boʻyicha BA/BSc bakalavr bakalavr darajasiga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Odatda IELTS kamida 6,5 boʻlishi kerak.
  6. Nomzod kunduzgi boʻlimda chet ellik (overseas) talaba statusida boʻlishi kerak.
  7. Grantga nomzod talaba boshqaruvchilik va liderlik qobiliyatlariga ega hamda a’lochi va salohiyatli boʻlishi talab qilinadi.
  8. Grant yutib olgan talabalar universitet tomonidan tashkil etilgan tadbirlarga faol qatnashishi, volontyorlik bilan shugʻullanishi va boʻlajak talabalar bilan suhbatlar olib borishi hamda talabalar jamiyati lideri boʻlishi lozim.
  9. Nomzod universitet reklama kampaniyalarida qatnashadi.

Barcha talablar haqida: shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning 2019-yil sentabrda boshlanadigan Strathclyde Business Schoolning yuqoridagi roʻyxatda qayd etilgan magistratura kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Dedlayn muddati 2019-yil 31-iyulgacha.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab universitet rasmiy kurslar sahifasidan kerakli kursni tanlang.
  2. Qanday qilib ariza berish haqidagi ma’lumotlarini: shu yerdan batafsil oʻqib chiqing.
  3. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasida berilgan.
  4. Kurs sahifasida koʻrsatilgan link orqali ariza bering.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Toʻldirilgan ariza.
  • BA/BSc bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 bo‘lishi lozim.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6,5 ball (barcha qismlardan kamida 5,5) yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma yoki sponsor letter.
  • Portfolio soʻralishi mumkin.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: sbs.admissions@strath.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!