Buyuk Britaniyaning Durham University Business School 2019-yilning kuzidan boshlanadigan kurslar uchun MBA Scholarships grantlarini taklif etmoqda. Universitet MBA bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun bir qancha grantlar taqdim etadi. Grantlar a’lochi, ijtimoiy faol va universitet MBA guruhlaridagi ilmiy salohiyat hamda madaniy xilma-xillikni boyita oladigan talabalarga beriladi.
Grant kimlar uchun?
MBA bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Durham University Business School MBA dasturlarida oʻqish haqi 2019-yilga taxminan 25 000 funt-sterlingni tashkil etadi.
Universitet quyidagi grantlarni taqdim etadi:
- The Dean’s Scholarship. Grant 2019-yil sentyabrda boshlanadigan barcha MBA kurslari uchun tegishli. Grant oʻqish pulini 50% (15 000 funt-sterling)gacha Ajratilgan joy: 1 ta.
- Full-Time MBA Scholarships. Grant kontrakt pulining 25% (7 500 funt-sterling)gacha qismini qoplaydi. Ajratilgan joy: 20 dan ortiq.
- Online MBA Scholarships. Ushbu grant GMATdan kamida 650 ball olgan talabgorlarga moʻljallangan boʻlib, kontrakt pulini 20% (5 750 funt-sterling)gacha toʻlaydi. Ajratilgan joy: 20 dan ortiq.
- NHS Masters in Business Administration (MBA). Grant NHSda ishlaydigan talabalarga beriladi. Grant kontrakt pulini 20% gacha
Barcha grantlar uchun dedlayn: 2019-yil 31-maygacha.
Grant shartlari haqida qoʻshimcha maʼlumot bilan toʻliq: shu yerda tanishing.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod bakalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi lozim (aniqlash uchun International Study Centrega murojaat qilinadi).
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Kurslarga qabul uchun odatda IELTS kamida 6,0 talab qilinadi.
- Nomzod tanlangan sohaga qarab GMAT/GRE/GCSEs setifikatiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod roʻyxatdan oʻtish uchun 60 funt-sterling miqdorida badal toʻlaydi.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning MBA kurslarida oʻqish uchun beriladi. Oʻqishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grantga da’voar hisoblanadi. Grantga alohida ariza topshiish talab qilinmaydi. Hujjatlar 2019-yil 31-mayga qadar qabul qilinadi.
Oʻqishga hujjat topshirish tartibi: shu yerda berilgan.
Hujjatlar tarkibi:
- Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
- Universitetda qabul qilingan shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan 2 ta akademik taʼlumotnoma.
- Diplom va diplom ilovasi nusxasi.
- Ingliz tili sertifikati nusxasi.
- GMAT/GRE/ACT/SAT kabi sertifikatlar nusxasi.
- Bank statement.
Barcha hujjatlar .doc, .docx, .gif, .jpg, .pdf, .png, .rtf. formatlarida va hajmi 5 MBgacha boʻlishi kerak. Berilgan maʼlumotlar MBA magistratura kursi misolida olindi. Qoʻshimcha hujjatlar tarkibi tanlangan yoʻnalishga koʻra aniqlab, toʻldiriladi.
Hujjat topshirish haqida batafsil maʼlumot: shu yerda.
Nomzodlarni saralash:
- akademik yutuqlari;
- hujjat topshirgan soha boʻyicha ish tajribasi va volontyorlik;
- dastur yoki biznes-maktab faoliyatida ijobiy baholanadigan har qanday qoʻshimcha koʻnikmalar, darsdan tashqari faoliyat, tashkiliy va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtiroki kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar 2019-yilning sentyabrigacha eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: international.office@durham.ac.uk.