Angliyada joylashgan Bath University magistratura kurslari uchun School of Management Scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitet tarkibidagi School of Management barcha magistratura kurslariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar bir yilgacha beriladi.
Grant kimlar uchun?
Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Universitet magistratura yoʻnalishlarida kontrakt toʻlovi tanlangan yoʻnalishga qarab farq qiladi va taxminan 20 000 – 25 000 funt-sterlingni tashkil etadi.
Grant yutib olgan nomzodlarga 1 yil muddatga kontrakt pulini qisman qoplash kontraktdan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.
Dastur nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun yashash, turar joy, oziq-ovqat, oʻquv qurollari va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlashi lozim boʻladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza bera oladi.
- Nomzod universitetning menejment magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod qaysi grantga talabgorligiga qarab aʼlo bahoga oʻqigan boʻlishi zarur. Grantga a’lo/yaxshi ball yoki ekvivalent talab qilinadi.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. IELTS kamida 6,5 boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.
Talablar haqida batafsil maʻlumotni shu yerdan olishingiz mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning menejment magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shunig uchun avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi.
Oʻqish va grantga 2020-yil 20-yanvar, 27-aprel va 17-iyulda uch marta hujjat topshirish mumkin. Ammo grant yutishni istasangiz, ertaroq ariza bergan maqsadga muvofiq. Ayni vaqtda eng yaqin ddlayn – 2020-yil 20-yanvar.
Hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- Dastlab shu yerdan qanday qilib hujjat topshirish haqida oʻqib chiqing va kerakli kursni tanlang.
- Kurs sahifasidagi kirish talablari bilan tanishing.
- Shu yer orqali ariza bering.
- Ariza koʻrilishi uchun badal toʻlash kerak. Badal toʻlanmaguncha ariza koʻrib chiqilmaydi.
- Keyin soʻralgan hujjatlarni tizimga yuklang.
- Agar hujjat topshirish bilan bogʻliq maslahat kerak boʻlsa, yurtimizdagi Britaniya Konsulligiga murojaat qiling.
- Agar hujjat topshirish bilan bogʻliq muammo tugʻilsa, msc-mn@bath.ac.uk manzilidan aniqlang.
Kerakli hujjatlar tarkibi:
- Toʻldirilgan ariza.
- Bakalavr diplomi va ilovasi.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS kamida 6,5-7,0 yoki ekvivalent) sertifikati.
- GRE/GMAT sertifikati yoki matematika imtihoni sertifikati soʻralishi mumkin.
- Suhbat oʻtkazilishi mumkin.
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
- Esse yoki motivatsion xat soʻralishi mumkin.
Barcha topshiriladigan hujjatlar tarkibi tanlangan kurs sahifasida berilgan. Ariza berishdan oldin ularni batafsil oʻrganib chiqing.
Nomzodlar grantga a’lo baholari, yuqori oʻzlashtirish koʻrsatkichi va tirishqoqligi kabi mezonlar asosida saralanadilar.
Natijalar qaysi bosqichida hujjat topshirilganiga qarab:
20-yanvar – 14-fevral.
27-aprel – 21-may.
17-iyul – 7-avgustda xabar qilinadi.
Ma’lumot uchun: msc-mn@bath.ac.uk