×

Buyuk Britaniya: Muhandislik boʻyicha bakalavriat va magistratura bosqichi uchun 5 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

15.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1216 marta

Angliyaning Preston shahrida joylashgan University of Central Lancashire (UCLAN) navbatdagi Excellence in Engineering Scholarships for International Students dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning Engineering Innovation Centredagi 2020-yil sentabrda boshlanadigan Engineering bakalavriat va magistratura bosqichlariga oʻqishga kirgan talabalar uchun moʻljallangan. Grant uch yilgacha beriladi. Grantga nomzod a’lochi va salohiyatli, akademik yutuqlarga erishgan boʻlishi lozim. Grant quyidagi kurslarga taalluqli:

  • BEng/MEng Aerospace Engineering
  • BEng/MEng Aerospace Engineering with Pilot Studies
  • BSc (Hons) Building Surveying
  • BEng (Hons) Building Services and Sustainable Engineering
  • BEng/MEng Civil Engineering
  • BSc (Hons) Construction Project Management
  • BEng (Hons) Electrical and Electronic Engineering
  • BEng/MEng Electronic Engineering
  • BEng/MEng Energy Engineering
  • BEng/MEng Fire Engineering
  • BEng/MEng Mechanical Engineering
  • BEng/MEng Motorsports Engineering
  • BEng/MEng Oil and Gas Safety Engineering
  • BEng/MEng Robotics Engineering

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat v magistratura bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Central Lancashire (UCLAN)da oʻqish toʻlovi 2020-oʻquv yiliga bakalavriat uchun 12 450 dan 13 450 funt-sterlinggacha va magistratura (taught) kurslarida esa tanlangan kursga qarab farq qiladi va taxminan 12 950 dan 38 000 funt-sterlinggacha. Toʻliq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Grant yutib olgan nomzodga oʻqish muddati tugaguncha har yili kontraktdan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Stipendiya dasturi faqat oʻqish pulini qisman qoplaydi. Yashash va tibbiy sugʻurta kabi xarajatlarni talabaning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod 2020-yil sentabrda boshlanadigan universitetning Engineering Innovation Centredagi yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan bakalavriat va magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirishi zarur.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak. Baholar kamida yaxshi/a’lo/80% ijobiy boʻlishi talab qilinadi. Excellence Scholarship grantiga baholar bakalavr uchun 5 dan 4,5/ 75%; magistraturaga 5 yillik diplom yoki Bakalavr baholari 5 dan 4,5/75% boʻlishi lozim.
  4. Nomzod attestat/kollej/litsey/bakalavr diplomini topshiradi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat soʻralishi mumkin. Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun qabul talablari: shu yerda.
  5. Nomzod overseas, ya’ni chet ellik talaba sifatida kontrakt toʻlashi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Tilni qanday darajada bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida berilgan. IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi kerak.
  7. Bu grantni yutib olgan nomzodlar boshqa grantlarga ariza bera olmaydi.

Barcha talablar haqida: shu yerdan va shu yerdan ma’lumot olish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant universitetning 2020-yil sentabrda boshlanadigan universitetning Engineering Innovation Centredagi yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan bakalavriat va magistratura kurslaridan birida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi o‘zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish muddati taxminan 2019-yil 15-sentabrgacha. Grantga alohida ariza berish talab qilinadi.

Ariza topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Avvalo How to apply sahifasidagi ma’lumotlarni oʻqib chiqing.
  2. Oʻzbekistonlik nomzodlarning hujjatlariga talablarni shu yerdan tekshirib oling.
  3. Universitet rasmiy saytining International sahifasiga kiring.
  4. Sahifadan kerakli kursni tanlang.
  5. Barcha kirish talablari tanlangan kurs sahifasining “Entry requirements” qismida berilgan.
  6. Qanday qilib ariza berish haqidagi ma’lumotlarni shu yerdan batafsil oʻqib chiqing va ariza bering.
  7. Grantga esa ariza shaklini yuklab olib, toʻldiring va soʻralgan hujjatlar bilan birga joʻnating.

Kerakli hujjatlar tarkibi (taxminan):

  • Onlayn tarzda toʻldirilgan ariza.
  • Attestat/kollej/litsey/bakalvr diplomi va ilovasi. Hujjati universitet talabiga mos kelmagan talabalardan 1 yillik bakalavrda oʻqiganlik haqida hujjat yoki Foundation kursi diplomi soʻralishi mumkin. Baholar kamida yaxshi/a’lo/80% ijobiy boʻlishi talab qilinadi. Excellence Scholarship grantiga esa baholar bakalavr uchun 5 dan 4,5/75%; magistraturaga 5 yillik diplom yoki Bakalavr baholari 5 dan 4,5/75% boʻlishi lozim.
  • Ingliz tili sertifikati. IELTS kamida 6,0-6,5 boʻlishi kerak.
  • Moliyaviy ahvolingiz yoki stipendiya/grant haqida maʼlumotnoma.
  • CV/resume.
  • Pasport nusxasi.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Qoʻshimcha hujjatlarni tanlangan kurs sahifasidan aniqlang. Shuningdek, barcha hujjatlar ingliz tilida, rasmiy hujjatlar esa notariusdan tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin qisqa fursat ichida eʼlon qilinadi.

Elektron pochta: Iadmissions@uclan.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!