×

Buyuk Britaniya: bosh mukofot 1323 AQSH dollari bo’lgan insholar tanlovi


Grant

MUHLAT

24.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3347 marta

Buyuk Britaniyning yetakchi nashriyotlaridan hisoblanuvchi Financial Times va The Bodley Head har yili o’tqazib kelinadigan The Bodley Head/FT Essay Prize Competition 2020 tanlovi uchun insholar qabul qilish jarayoni boshlandi. Ushbu tanlovda ingliz tilida ijod qila oladigan istalgan kishi ishtirok etishi mumkin. Nomzoddan faqatgina hozirgi kunda o’z dolzarbligini yo’qotmagan mavzuga oid 3500 so’zdan oshmagan insho taqdim etish talab qilinadi. Insho istalgan mavzuda bo’lishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • The Bodley Head/FT Essay Prize Competition 2020 insholar tanlovining mutloq g’olibi 1323 AQSh dollari (1000 funt sterling) bilan mukofotlanadi hamda inshoning elektron namunasi The Bodley Head va Financial Times tomonidan chop etiladi.
  • Insholar tanlovining 2 va 3-o’rin sohibi 397 AQSh dollari (300 funt sterling) bilan taqdirlanadi hamda inshoning elektron namunasi The Bodley Head tomonidan chop etiladi.

Talablar:

Nomzoddan quyidagilar talab etiladi:

  • Nomzod 18-35 yosh oralig’ida bo’lishi lozim.
  • Nomzod istalgan mavzuga oid 3500 so’zdan oshmagan insho taqdim etishi lozim.
  • Insho ingliz tilida bo’lishi talab etiladi.
  • Taqdim etilyotgan insho avval hech qanday tanlovda ishtirok etmagan yok hech bir nashriyotda chop etilmagan bo’lishi lozim.

Insho ingliz tilida yozilishi kerak bo’lsada, muallifning ingliz tilini bilish darajasi emas, inshodagi g’oyaga yuqoriroq baho beriladi. Tanov shartlari haqida batafsil bu yerda ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

The Bodley Head/FT Essay Prize Competition 2020 insholar tanloviga ro’yhatdan o’tish uchun 2020-yil 24-sentyabr sanasidan kechikmasdan onlayn tarzda ariza to’ldirib jo’natishingiz lozim. Tanlovga ariza yuborish mutlaqo tekin.

Eslatma! Topshirilgan insholarda qatnashchining ism-sharifi yoki uning shaxsini ko’rsatuvchi boshqa ma’lumotlar yozilishi mumkin emas! Insholarning original tili ingliz tili bo’lishi zarur, tarjima qilingan insholar tanlovga qabul qilinmaydi. Insho taqdim etish talablari haqida bu yerda to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

Qo’shimcha ma’lumot uchun weekend.readers@ft.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!