×

Buyuk Britaniya: Oksford Universitetida tadqiqot olib borish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

06.11.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2498 marta

The Chevening Oxford Centre for Islamic Studies (Chevening OCIS) Buyuk Britaniyada joylashgan Oksford Universitetining Islom taraqqiyoti va faoliyatini o’rganadigan markazi hisoblanadi. Hozirda shu markaz tomonidan tashkillashtirilgan tadqiqot grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu dastur Islom madaniyati va taraqqiyotini o’rganishga aloqador harakatlarni rivojlantirishga harakat qilayotgan mutaxassislar uchun mo’ljallangan. Dastur qatnashchilari Oksford Universitetdagi OCIS’da Islom madaniyat, taraqqiyoti va zamonaviy Musulmon jamiyatlariga aloador loyiha ustida 6 oy mustaqil ravishda tadqiqot olib borish imkoniyatga ega bo’ladilar. Tadqiqot davomida olimlar soha vakillari va sohaga aloqador olimlar bilan muhim mavzularda muloqot qilishlari ham mumkin bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Tadqiqotchilar, olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

OCIS’da tadqiqot olib borayotan olimlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo’lishadi:

  1. 6 oy davomida mustaqil tadqiqot olib borish imkoniyati;
  2. Tadqiqot davomidagi yashahs xarajatlari qoplab beriladi;
  3. Qatnashchining vatanidan Buyuk Britaniyaga uchish uchun ekonom klassdan aviachipta;
  4. Tadqiqotga aloqador mashg’ulotlar uchun mablag’.

Talablar:

OCIS grantini yutib olgan holda Oksford Universitetida tadqiqot qilish uchun nomzod quyidiagi talablarga javob berishi kerak:

  1. Nomzod ko’rsatilgan davlatlardan biri fuqarosi bo’lishi kerak. Ular ichida O’zbekiston ham bor.
  2. Nomzod yetakchilik va ta’sir doirasi yuqori lavozimga ko’tarilishi mumkin bo’lgan yoki kutilayotgan bo’lishi va shaxs sifatida shunga loyiqlik alomatlarini o’zida aks ettirishi zarur.
  3. Nomzod magistrlik diplomiga ega bo’lishi kerak (kamida).
  4. Nomzod kamida 5 yillik tadqiqot yoki ish tajribasiga ega bo’lishi zarur.
  5. Nomzod Chevening Awards ingliz tilini bilish darajasiga qo’ygan talablariga javob berishi kerak. Unda ko’ra, nomzod IELTS’dan kamida 6.5 ball olgan bo’lishi kerak. Batafsil
  6. Nomzod Buyuk Britaniya fuqarosi bo’lmasligi va grant beruvchi tashkilotda ishlamasligi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

OCIS grantiga hujjat topshirish uchun nomzod onlayn ariza topshirishi kerak. Bunda u dastur davomida nima ustida tadqiqot olib bormoqchi ekanligini ko’rsatib berish uchun tadqiqot taklifi tayyorlashi zarur. Hujjat topshirishda quyidagi hujjatlarni ham taqdim etish zarur:

  1. Passport nusxasi
  2. Bakalavr va magistratura kurslari diplomlari va baholari
  3. Buyuk Britaniya Universitetlari magistratura kurslari ichida nomzod tanlab olgan uchta magistratura kursi ro’yxati
  4. Nomzodga keyinchalik tavsiyanoma beradigan tavsiyachilar haqida ma’lumot (ism, telefon raqamlar va hkz). Nomzod saralashdan o’tsa, ingliz tilini bilish darajasini ham ko’rsatishi kerak bo’ladi.

Nomzod o’zi tanlagan uchta magistratura kurslaridan biriga yoki bir nechtasiga o’qishga qabul qilinsa, unda o’qishi kerak bo’ladi. Eslatib o’tamiz, bu kurslar uchun alohdia ariza beriladi, ya’ni Oksford Universiteti magistratura kurslariga o’qishga kirish uchun amalga oshiriladigan qadamlardan o’tiladi, va grant beilishi uchun nomzod 2019-yil iyul oyigacha Oksford Universitetidagi biror magistratura kursiga o’qishga qabul qilinishi shart. Batafsil

Ma’lumot uchun savol-javoblarni ko’rib chiqishingiz yoki rasmiy saytdagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!