×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichi uchun 20 500 funt sterling grant!


Grant

MUHLAT

19.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1202 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Queen Mary University of London (QMUL) universiteti  doktorantura bosiqchida oʻz tadqiqot ishlarini davom ettirmoqchi boʻlgan chet ellik talabalar uchun 2020-yilgi The Alan Turing Institute studentships grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar ushbu universiteting Data Science or Artificial Intelligence sohasiga oʻqishga kirgan va PhD bosqichi  qabul talablariga javob beruvchi  eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant dasturi doirasida talaba kontrakt toʻlovidan ozod etiladi va unga yiliga 20 500 funt sterling miqdorida stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan yakunlagan boʻlishi lozim.
  3. Nomzod QMUL qabul talablariga toʻliq javob berishi lozim.
  4. Nomzod universitetnin 12ta maktab va universitetlarida oʻqitiladigan Data Science or Artificial Intelligence sohalaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  5. Nomzodning oʻz sohasi doirasida ish tajribasiga ega ekanligi grant yutish imkoniyatini kengaytiradi.
  6. Nomzod PhD ilmiy tadqiqot ishi uchun ilmiy rahbar tanlashi lozim boʻladi. Ilmiy rahbarlar haqida shu yerda ma’lumotga ega boʻlishingiz mumkin.
  7. Nomzoddan ma’lum bir sohaga oid tanlagan tadqiqot taklifiresearch proposalni taqdim etish soʻraladi.
  8. Doktorantura kurslariga oʻqishga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. ingliz tili darajasiga talablar turli kurslar uchun turlicha boʻlishi mumkin. Batafsil: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

QMUL Universiteti doktorantura grantarini yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, universitetning 12ta maktab va universitetlarida oʻqitiladigan Data Science or Artificial Intelligence PhD bosqichi kurslaridan biri uchun onlayn ariza toʻldirib jonatish yetarli.  Ariza bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Universitet doktorantura kurslariga arizalar 2020-yil 19-yanvar, ayrim kurslarga esa 31-yanvarga qadar qabul qilinadi. Bu sanadan keyin topshirilgan arizalar grant uchun koʻrib chiqilmaydi.

Ma’lumot uchun research-admissions@qmul.ac.uk  elektron manzili yoki +44(0)2078825533 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!