×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichi uchun 24 000 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1448 marta

Angliyaning London shahrida joylashgan Brunel University London magistratura kurslari uchun moʻljallangan NSIRC PhD Scholarships in Structural Integrity dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning National Structural Integrity Research Centre (NSIRC) Structural Integrity PhD kursi tadqiqotchilarini moliyaviy ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant uch yilgacha beriladi. Hujjatlar yil davomida qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetda oʻqish uchun chet ellik talaba PhD kurslari uchun 18 720 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan talabaga uch yilgacha har yilga 24 000 funt-sterlingdan pul beriladi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod univeristetning universitetning National Structural Integrity Research Centre (NSIRC) Structural Integrity PhD kursiga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  3. Nomzod Mechanical, Electrical/Electronics yoki Civil/Structural Engineering, Material Science, Metallurgy yoki Physics sohalaridn biri bo`yicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun baholar 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi lozim.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Grant uchun IELTS kamida 6,5 ball talab qilinadi.
  6. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  7. Nomzod tanlagan kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.

Grant talablari va shartlari haqida batafsil: bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjat topshirish jarayoni 

Grantlar universitetening National Structural Integrity Research Centre (NSIRC) Structural Integrity PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish lozim. Oʻqishga va grantga hujjat topshirish uchun dedlayn muddati yil davomida. Ammo nomzodlar o`qishdan kamida 3 oy avval hujjat topshirishlari lozim.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Oʻqishga hujjat topshirish Structural Integrity kursi sahifasida amalga oshiriladi.
  2. Kirish talablari, ingliz tili talablari kurs sahifasida berilgan.
  3. Hujjat topshirish uchun ariza shaklini to`ldirib, enquiries@nsirc.co.uk manziliga jo`natish kerak.

Grantga ariza berish. Ariza berish uchun enquiries@nsirc.co.uk manziliga murojaat qiling.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Grant uchun baholar a’lo, ya’ni 2:1 yoki shunga ekvivalent boʻlishi kerak.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,5 (har bir qismdan kamida 6,0) ball boʻlishi kerak.
  4. Qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.
  6. Tier4 viza soʻraladi.

Nomzodlar grantga ilmiy salohiyati, aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: enquiries@nsirc.co.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!