×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichi uchun grant va stipendiyalar


Grant

MUHLAT

23.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1663 marta

Uelsda (Buyuk Britaniya) joylashgan Kardif Universitetining Kompyuter fanlari va Informatika (PhD in Computer Science and Informatics) yo’nalishidagi PhD kurslari uchun ajratilgan grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar millati va fuqaroligidan qat’iy nazar, shu yo’nalishdagi PhD kurslariga qabul qilingan eng umidli talabalarga beriladi. Grant dasturidan maqsad iqtidorli tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Doktorantura tadqiqotini quyidagi yo’nalishlarda olib borish mumkin:

  • Complex Systems
  • Data and Knowledge Engineering
  • Visual Computing

Bu yo’nalishlar ichida quyidagi mavzularda tadqiqot olib borish mumkin:

Kardif Universitetida PhD tadqiqoti 3 yil davom etadi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Kardif Universitetida kontrakt miqdorlari mahalliy va Yevropa Ittifoqidan bo’lgan talabalar uchun alohida, boshqa hududlardan bo’lgan talabalar uchun alohida belgilangan. Xalqaro talabalar kurs uchun odatda ko’proq pul to’lashlari kerak bo’ladi. Grant yutib olgan tadqiqotchiga mahalliy talabalar to’laydigan kontrakt miqdorida grant beriladi, kurs to’lovining qolgan qismini uning o’zi qoplashi kerak bo’ladi. Undan tashqari, tadqiqotchiga yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi. Universitetda ishlab, qo’shimcha daromad olish imkoniyati ham mavjud. Dastur doirasida 3 nafar tadqiqotchiga grant beriladi.

Mahalliy talabalar va YI uchun belgilangan kontrakt miqdorlari

Boshqa talabalar (jumladan, Osiyoliklar) uchun kontrakt miqdorlari

Talablar:

Grantlar kursga qabul qilingan tadqiqotchilar ichida eng yuqori ko’rsatkichlarga egalariga beriladi. Bunda nomzod yuqori tadqiqot layoati, akademik va ilmiy yutuqlar, yuqori baholar va nashrlarga ega bo’lish kerak.

PhD bosqichiga qabul talablari:

  1. Nomzod bakalavr va magistratura kurslarini yaxshi va a’lo baholar bilan tamomlagan bo’lishi kerak. Batafsil
  2. Nomzod ilgari o’qigan kurslarning yo’nalishi u hujjat topshirayotgan doktorantura kursi yo’nalishi va tanlangan tadqiqot mavzusiga mos bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini kamida IELTS 6.5 darajasida (B2) bilishi zarur. batafsil

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun kursga 2019-yil 23-aprelga qadar hujjat topshirish kerak. Ariza topshirish jarayoni bu sahifaning o’ng qanotida ko’rsatilgan oyna orqali bajariladi.

 Hujjat topshirishdan avval tadqiqot mavzulari hamda tadqiqotchilar haqida ma’lumot to’plab, tadqiqot uchun mavzu va shu mavzuni tushunadigan, shu mavzuda tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchini o’zingizga ilmiy rahbar (nazoratchi) sifatida tanlashingiz kerak. Keyin esa bo’lajak ilmiy rahbaringiz va doktoranturaga qabul ishlari bilan shug’ullanuvchi xodim bilan bog’lanib, o’zingiz va tadqiqot rejangiz haqida gaplashib olishingiz zarur. Tadqiqot mavzungizga doir 500 so’zli tadqiqot rejasi tayyorlash ham lozim. Ular bilan kelishilib, barcha ma’lumotlar to’plangach, kursga ariza beriladi. Arizangiz ko’rib chiqilgach, siz tanlagan bo’lajal ilmiy rahbaringiz sizni suhbatdan o’tkazadi va 5 kun ichida natijani e’lon qiladi. Tadqiqot haqida batafsil

Qo’shimcha ma’lumot uchun comsc-pgresearch@cs.cardiff.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!