×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichi uchun toʻliq grant va 15 239 funt sterling stipendiya; joy – 30ta!


Grant

MUHLAT

16.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1032 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Warwick univeristeti PhD bosqichida oʻqishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun 2020-2021-oʻquv yili uchun Chancellor’s International Scholarship stipendiya dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur xalqaro talabalarni iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan. Grant 3,5 yil muddatga beriladi. Bu grantga da’vogar nomzodlar Warwick universitetdi mavjud boʻlgan istalgan PhD kurslaridan biriga hujjat topshirishi mumkin. Grant 30 nafar nomzodga berilishi mumkin.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga 3,5 yil muddatga quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • 24 000 funt sterling hajmdagi kontrakt puli toʻliq toʻlab beriladi.
  • Buyuk Britaniyada yashash uchun stipendiya bilan ta’minlanadi Ushbu stipendiya miqdori 2020-2021-oʻquv yili uchun 15 239 funt sterlingni tashkil etadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladilar.
  • Nomzod Warwick universitetida 2020-yil oktabrda boshlanadigan semetr uchun PhD kurslaridan biriga hujjat topshirayotgan/topshirgan boʻlishi kerak.
  • Nomozd xorijiy talaba boʻlishi va kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi/qilinishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Nomzodlar 2020-yilning 16-yanvariga qadar onlayn tarzda ariza topshirishlari lozim. Ariza topshirishda soʻralgan barcha hujjatlar (research proposal va hk) yuklanishi va insholar/izohlar yozilishi kerak.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Oʻqishga kirih uchun dastlab shu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishing.
  2. Keyin shu yerda kirish talablari bilan tanishing.
  3. Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang.
  4. How to apply sahifasini oʻrganing va tanlangan kursga ariza bering.
  5. Grantga ariza topshirish uchun avval yoʻriqnomanioʻqib chiqing hamda ariza topshiring.
  6. Ilova qilinadigan tavsiyanoma va diplom ilovalarini 2020-yil 23-yanvardan kechiktirmay topshirilishi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. Diplom va diplom ilovasi.
  3. Ingliz tili sertifikati.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Motivatsion xat.
  6. Research proposal.

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar, topshiriladigan hujjatlar va boshqa ma’lumotlar bilan batafsil shu yerda tanishing.

Nomzodlarni baholash tizimi bilan shu yerda tanishing.

Natijalar 2020-yil 13-martda e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: doctoralcollege@warwick.ac.uk manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!