×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichi uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 15 000 funt-sterling!


Grant

MUHLAT

28.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1331 marta

Angliyaning Lankashir shahrida joylashgan Lancaster University 2020-2021-oʻquv yilining sentabr oyidan boshlanadigan PhD kurslari uchun Lancaster University Fully funded research scholarships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant doktorantura kurslari talabalari uchun uch yilga beriladi.

Lancaster University Fully funded research scholarships dasturigaga ariza topshirayotgan nomzod Faculty of Arts and Social Sciencesning quyidagi yoʻnalishlardan birini tanlashi kerak:

  • Cultures of Creative Practice and Social Change (Department of Languages and Cultures)
  • Rurality, Help-Seeking and Care Proceedings (Law School)
  • Transnationalism, Mobility & Borders (Lancaster Institute for the Contemporary Arts).

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Lancaster University doktorantura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 15 000-18 000 funt-sterlingni tashkil etadi.

Grant yutib olgan nomzodga:

  1. Uch yil davomida oʻqish haqi toʻliq qoplanadi.
  2. Yashash va turar joy xarajatlari uchun har yilga 15 000funt-sterling stipendiya beriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar vakillari ariza topshirishi mumkin.
  2. Original yondashuvga salohiyati yetadigan boʻlishi kerak.
  3. Tadqiqotni aniq va qisqa yozib berishi kerak.
  4. Sohaga tegishli adabiyotlarni bilishi kerak.
  5. Doktorantga mos holda tadqiqot metodologiyasini tushunishi zarur.
  6. Tadqiqot loyihasini taqdim etishi kerak.
  7. Yuqori akademik bahoga ega boʻlishi lozim.
  8. Ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  9. Bakalavr va/yoki magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi. Dastlab yuqorida koʻrsatilgan mutaxassisliklardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. My Applications onlayn-tizimiga kirasiz.
  2. Create an accountni bosib roʻyxatdan oʻtasiz.
  3. Roʻyxatdan oʻtib boʻlib, akkauntingizga kirasiz va Create a new application”ni bosib, ariza toʻldirasiz.
  4. Keyin Faculty Scholarship Application Form 2020-21 (grantga ariza)ni ham toʻldirib, quyidagi 3 ta mutaxassislikdan tanlaganingizga joʻnatasiz:
  • Cultures of Creative Practice and Social Change (Department of Languages and Cultures) Professor Allyson Fiddler fiddler@lancaster.ac.uk.
  • Rurality, Help-Seeking and Care Proceedings (Law School) Professor Judith Harwin e.harwin@lancaster.ac.uk.
  • Transnationalism, Mobility & Borders (Lancaster Institute for the Contemporary Arts) Dr Jen Southern a.southern@lancaster.ac.uk.

Kerakli hujjatlar:

  1. Toʻldirilgan arizalar.
  2. Magistr va/yoki bakalavr diplomi, diplom ilovasi nusxalari.
  3. Pasport nusxasi (zarur boʻlganda viza).
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5-7.0 yoki undan yuqori).
  5. Resume.
  6. Tadqiqot loyihasi/rejasi.
  7. Esse.

Rasmiy hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilingan holda, notarial tasdiqlatib topshiriladi.

Murojaat uchun: fass@lancaster.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!