×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichi uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 17 000 funt sterling; joy – 100ta!


Grant

MUHLAT

19.01.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1366 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Queen Mary University of London (QMUL) universiteti  doktorantura bosiqchida oʻz tadqiqot ishlarini davom ettirmoqchi boʻlgan chet ellik talabalar uchun 2020-yilgi RCUK Research Studentships va QMUL Principal’s Postgraduate Research Studentships grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar ushbu universiteting  PhD bosqichi  qabul talablariga javob beruvchi  eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, dasturdan asosiy maqsad universitetda oʻqish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli oʻqiy olmasligi mumkin boʻlgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlashdir.

Universitetda oʻqitiladigan PhD kurslari haqida batafsil ma’lumot shu yerda keltirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

RCUK Research Studentships va QMUL Principal’s Postgraduate Research Studentships grant dasturlari doirasida talaba kontrakt toʻlovidan ozod etiladi va unga yiliga 17 000 funt sterling miqdorida stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan yakunlagan boʻlishi lozim.
  3. Nomzod QMUL qabul talablariga toʻliq javob berishi lozim.
  4. Nomzodning oʻz sohasi doirasida ish tajribasiga ega ekanligi grant yutish imkoniyatini kengaytiradi.
  5. Nomzod PhD ilmiy tadqiqot ishi uchun ilmiy rahbar tanlashi lozim boʻladi. Ilmiy rahbarlar haqida shu yerda ma’lumotga ega boʻlishingiz mumkin.
  6. Nomzoddan ma’lum bir sohaga oid tanlagan tadqiqot taklifiresearch proposalni taqdim etish soʻraladi.
  7. Doktorantura kurslariga oʻqishga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. ingliz tili darajasiga talablar turli kurslar uchun turlicha boʻlishi mumkin. Batafsil: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

QMUL Universiteti doktorantura grantarini yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, universitet PhD bosqichi uchun onlayn ariza toʻldirib jonatish yetarli.  Ariza bilan shu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Universitet doktorantura kurslariga arizalar 2020-yil 19 yanvar, ayrim kurslarga esa 31-yanvarga qadar qabul qilinadi. Bu sanadan keyin topshirilgan arizalar grant uchun koʻrib chiqilmaydi.

Ma’lumot uchun research-admissions@qmul.ac.uk  elektron manzili yoki +44(0)2078825533 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!