×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichini oʻqish uchun 15 009 funt-sterling grant!


Grant

MUHLAT

09.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

762 marta

Angliyaning Kembrij universiteti tarkibidagi Anglia Ruskin University 2020-yilning sentyabridan boshlanadigan doktorantura kurslari uchun The Vice Chancellorʻs PhD Studentships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant PhD kurslarida oʻqishni xohlovchilar uchun uch yilga beriladi.

The Vice Chancellor’s PhD Studentships dasturiga ariza berayotgan nomzod quyidagi mutaxassisliklardan birini tanlashi kerak:

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Anglia Ruskin University doktorantura kursida oʻqish toʻlovi yiliga 12 100 – 13 100 funt-sterling. Kontrakt toʻlovlari haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Grant yutib olgan nomzodga uch yil davomida oʻqish toʻlovi uchun har yilga 15 009 funt-sterling beriladi. Grant hajmi UK Research and Innovation (UKRI) levelga qarab oʻzgaradi. Shuningdek, oʻqish davomida talabaning ishlashini hisobga olib, stipendiya miqdori oshiriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  4. Nomzod bakalavr va/yoki magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2020-yil 9-fevralgacha qabul qilinadi. Buning uchun yuqorida koʻrsatilgan dasturlardan biriga onlayn tarzda ariza berish kerak. Yuqorida koʻrsatilgan mutaxassisliklar roʻyxatidagi har bir dastur veb-sahifasi oxirida ariza uchun link berilgan. Shu linkdan foydalanasiz.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Roʻyxatdan kerakli dastur tanlanadi.
  2. Dastur sahifasida oʻquv fanlari, dasturlari, toʻlovlar va kerakli hujjatlar haqida maʼlumot berilgan.
  3. Sahifa oxiridagi “Apply online” yozuvini bosib, ariza toʻldirish kerak.

Oʻqishga qabul va grant uchun hujjatlar tarkibi:

  1. Magistr yoki bakalavr diplomi, diplom ilovasi.
  2. Shaxsiy ariza.
  3. Pasport va viza (zarur boʻlsa).
  4. Ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5 va/yoki undan yuqori).
  5. Rezyume.

Barcha hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlatib topshiriladi.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Nomzodlar 2020-yil mart oyida suhbatga chaqiriladi. Natijalar suhbatdan keyin eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun:

Becky Kraszewski

Telefon: 01245 684920

Elektron pochta: vcphdstu@anglia.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!