×

Buyuk Britaniya: PhD kurslarida o’qish uchun to`liq grantlar; oylik stipendiya – 18 500 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

31.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

888 marta

Buyuk Britaniyaning Bournemouth University oliygohi Fully funded PhD studentships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar oliygohning Faculty of Media & Communication hamda Faculty of Science & Technology falultetlariga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirgan tadqiqotchilar uchun ajratiladi:

  1. PhD Studentship – Artificial intelligence based approaches for games design and development
  2. PhD Studentship – Fake news, culture and heuristics
  3. PhD Studentship – Repurposing an API for oil drilling simulation software
  4. PhD Studentship – Crowdsourcing reality: Using technology to combat the spread of misinformation
  5. PhD Studentship – Real-time Large Scale Deformable Soft Tissue Registration for Augmented Reality System in Minimally Invasive Surgery
  6. PhD Studentship – Large Scale Dynamic SLAM System in Augmented Reality Applications
  7. ​Doctorate of Engineering Digital Media

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilarga butun PhD kursi (tanlangan yo’nalishga qarab 2 yildan 4 yilgacha) davomida kontrakt to’lovi to’liq to’lab beriladi hamda yashash xarajatlari uchun yillik 15 000 funt sterling (taxminan 18 500 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Batafsil

Bournemouth University oliygohida tahsil olish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin
  2. Nomzod 31-oktabr 2019-yilga qadar Bournemouth University`ning Faculty of Media & Communication yoki Faculty of Science & Technology falulteti PhD kurslaridan biriga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod tanlangan soha bo’yicha bo’yicha 1:1 magistrlik (1st class honours degree) darajasiga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  5. Hujjat topshirishdan oldin nomodga oliygohdan tadqiqot ishiga rajbarlik qila oladigan ilmiy rahbar tanlashi va u bilan bog’lanishi tavsiya etiladi.
  6. Dastur o’qishga endi qabul qilinayotgan tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, oliygohning PhD kursida o’qiydiganlar dasturga hujjat topshira olmaydilar.
  7. Oliygoh ishchi-xodimlari dasturda qatnashish huquqiga ega emaslar.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu oliygoh tomonidan moliyalashtirilgan PhD kursi bo’lganligi sababli nomzodlar hujjatlarini to’g’ridan-to’g’ri Bournemouth universitetiga topshirishadi. Hujjatlar 2019-yil 31-oktabrga qadar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan suhbat o’tkaziladi. Natijalar eng tez fursatlarda e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. CV.
  3. Dilomlar va diplom ilovalari nusxalari.
  4. 2 tavsiyanoma.
  5. Tadqiqot rajasi (research proposal) – 1 500 so’zdan iborat.
  6. Bayonot (personal statement).
  7. Ingliz tilini o’zlashtirganlik sertifikati. IELTS 6.5 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball. Batafsil ma’lumot: savol-javoblarda

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)1202 961916
Email: doctoralcollege@bournemouth.ac.uk va  PGRadmissions@bournemouth.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!