×

Buyuk Britaniya: PhD kurslarida o’qish uchun to`liq grantlar; stipendiya – 15 225 funt sterling!


Grant

MUHLAT

30.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2665 marta

Buyuk Britaniyaning Bournemouth University oliygohi Fully funded PhD studentships dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar oliygohning Faculty of Health & Social Sciences falultetiga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirgan tadqiqotchilar uchun ajratiladi:

  • Nudging; a theoretical concept for a very practical approach to pelvic floor muscle training
  • Exploring the relationship between health system responsiveness and the implementation of person centred integrated care for older people with frailty
  • The impact of the current delivery models of care for older patients at Christchurch Day Hospital

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan tadqiqotchilarga butun PhD kursi (4 yil) davomida kontrakt to’lovi to’liq to’lab beriladi hamda yashash xarajatlari uchun yillik 15 225 funt sterling miqdoridagi stipendiya ajratiladi. Batafsil

Bournemouth University oliygohida tahsil olish va yashash xarajatlari bilan bu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza berishlari mumkin
  2. Nomzod ko’rsatilgan PhD kurslaridan biriga hujjat topshirgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod tanlangan soha bo’yicha bo’yicha 1:1 magistrlik (1st class honours degree) darajasiga ega bo’lishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur (kamida IELTS 6,5 yoki
  5. Hujjat topshirishdan oldin nomzodga oliygohdan tadqiqot ishiga rajbarlik qila oladigan ilmiy rahbar tanlashi va u bilan bog’lanishi tavsiya etiladi.
  6. Dastur o’qishga endi qabul qilinayotgan tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, oliygohning PhD kursida o’qiydiganlar dasturga hujjat topshira olmaydilar.
  7. Oliygoh ishchi-xodimlari dasturda qatnashish huquqiga ega emaslar.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu oliygoh tomonidan moliyalashtirilgan PhD kursi bo’lganligi sababli nomzodlar hujjatlarini to’g’ridan-to’g’ri Bournemouth universitetiga topshirishadi. Hujjatlar:

1-PhD kursi uchun 30-oktyabr, 2 va 3- PhD kurslari uchun 16-noyabrga  qadar onlayn ariza ko’rinishida qabul qilinadi. Saralash bosqichidan o’tgan nomzodlar bilan suhbat o’tkaziladi. Natijalar eng tez fursatlarda e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Onlayn ariza.
  • CV.
  • Dilomlar va diplom ilovalari nusxalari.
  • 2 tavsiyanoma.
  • Tadqiqot rajasi (research proposal) – 1 500 so’zdan iborat.
  • Bayonot (personal statement).
  • Ingliz tilini o’zlashtirganlik sertifikati. IELTS 6.5 ball va undan baland, har bir bo’limdan kamida 6.0 ball. Batafsil ma’lumot: savol-javoblarda

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)1202 961916
Email: doctoralcollege@bournemouth.ac.uk va  PGRadmissions@bournemouth.ac.uk.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!