×

Buyuk Britaniya: PhD tadqiqotchilari uchun to’liq grantlar!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1353 marta

Buyuk Britaniyaning University of Birmingham – Birmingem universiteti PhD Scholarships in the School of Computer Science dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar universitetning School of Computer Science maktabi, Engineering and Physical Sciences yo’nalishi bo’yicha PhD bosqichiga qabul qilingan mahalliy va chet ellik nomzodlarga beriladi. Dasturdan maqsad iqtidorli, yuqoti potensialli tadqiqotchilarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan tadqiqotchiga 3 yillik PhD kursi davomida o’qish to’lovi 100 foiz to’lab beriladi.

Ma’lumot uchun: 2019-2020 o’quv yilida mazkur yo’nalish bo’yicha o’qish to’lovi mahalliy talabalar uchun 4 320 hamda xorijlik talabalar uchun 21 420 funt sterling (taxminan 5 314 hamda 26 331 AQSh dollari) ni tashkil etgan.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega (first class) boʻlishi lozim.
  3. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur.
  4. Nomzod tanlangan sohaga tegishli (Computer Science, Mathematics, Physics) bakalavr/magistr/PhD yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod yuqori darajada matematik va analitik tahlil qila olishi lozim.
  6. Nomzod oliygohda kunduzgi tartibda (full time) o’qishi zarur.
  7. Nomzod mustaqil va guruhda ishlash, kommunikativ qobiliyatlarga ega boʻlishi kerak.
  8. Nomzod dasturga ariza berishidan avval o’ziga ilmiy rahbar tanlashi va u bilan bog’lanishi tavsiya etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida qatnashish uchun alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Universitetning School of Computer Science maktabi, Engineering and Physical Sciences yo’nalishi bo’yicha PhD bosqichiga hujjat topshirgan barcha nomzodlar o’z-o’zidan dastur ishtirokchisiga aylanadilar. Oliygohga hujjatlar yil bo’yi qabul qilinadi.

Ariza berish: shu yer orqali amalga oshiriladi.

Universitetga kirish uchun kerakli hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn ariza.
  2. Personal statement.
  3. Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  4. Ingliz tili sertifikati. Odatda kamida IELTS 7,0 soʻraladi.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Cover letter va CV.
  7. Research proposal talab qilinishi mumkin.
  8. Qoʻshimcha ACT/SAT/GMAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.

Nomzodlarni saralash ularning a’lo baholari, akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga imkon qadar tez fursat ichida eʼlon qilinadi.

Murojaat uchun:

Tel: +44 (0)121 414 3344

Fax: +44 (0)121 414 3971

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!