×

Buyuk Britaniya: PhD uchun grant; yillik 14,777 funt-sterling stipendiya va 25,482 funt-sterling oylik maosh!


Grant

MUHLAT

08.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1892 marta

Angliyaning Sussex University PhD bosqichi uchun Psychology Doctoral Research Scholarship – Does damage to brain blood vessels cause Alzheimer’s disease? (2019) dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning psixologiya sohasida PhD dissertatsiyasi tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun moʻljallangan. Dasturga nomzod a’lochi, ilmiy salohiyatli bo`lishi lozim. Grant 3,25 yilga beriladi. Grant yutib olgan tadqiqotchi Alsgeymer kasalligiga oid izlanishlarni amalga oshirish kerak.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Psychology PhD kursida o`qiydigan chet ellik talaba bir yilga 20 750 funt-sterling kontrakt to`laydi. Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. 3,25 yilga 4 327 funt-sterling (Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun kontrakt) hajmdagi kontrakt pulini qisman qoplab beriladi.
  2. 3,25 yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 14,777 funt-sterling stipendiya ajratiladi.
  3. Nomzodga 165 soat hajmda dars o`tishga ruxsat beriladi. Soat miqdoridan kelib chiqib, 25,482 funt-sterling oylik maosh to`lanadi.

Eslatma: dastur kontrakt pulining faqat Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun to`lash kerak bo`lgan qismini qoplaydi. Shuning uchun kontraktning taxminan 16,000 funt-sterling qismini chet ellik nomzodning o`zi to`lashi kerak bo`ladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning psixologiya DhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Odatda baholar 2:1 bo`lishi talab qilinadi.
  • Nomzod Sasseks universiteti talablariga mos bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 7,0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod psixologiya, neyrofanlar kabi mos keladigan soha bo`yicha bakalavr/magistr doplomiga ega bo`lishi kerak.
  • Matematika va dasturlash bo`yicha bilimlarga ega nomzodlarga ko`proq imkoniyat beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning psixologiya PhD kurslarda oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi Psychology PhD kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 8-maygacha.

O`ishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • PhD kurslari sahifasidan kerakli kursni toping. Psychology PhD kursi sahifasida kurs haqida batafsil maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • PhD degree va shu yerda kirish talablari berilgan.
  • Research topic yozing.
  • Shu yerdan ilmiy rahbar toping va u bilan tadqiqot mavzusi haqida maslahatlashing.
  • Shu yer orqali o`qishga ariza bering. Kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.
  • Ariza to`ldirayotganda “Supervisor suggested by applicant” qismiga “Hall”ni belgilang.
  • “Proposed source of funding” bo`limiga “Psychology Doctoral Research Studentship” deb yozing.
  • Grant uchun qo`shimcha ma’lumotlarni: Shu yerdan yuklab oling.
  • Savollar yuzasidan Catherine Hall Hall@sussex.ac.uk ga murojaat qiling.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza. Ariza to`ldirish tartibi yuqorida berilgan.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 bo`lishi lozim.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 7.0 yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar grant yutib olish imkoniyatini oshiradi.
  • Ish tajribangiz haqida ma’lumot. Dars bergan bo`lsangiz, aynan shuni berish kerak.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma. Chunki kontraktning 16,000 funt-sterlingini o`zingiz to`laysiz.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga  aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: psychologyphd-enquiries@sussex.ac.uk  

Catherine Hall Catherine.Hall@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!