×

Buyuk Britaniya: PhD uchun qisman grant; yillik 15 000 funt-sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

12.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1131 marta

Angliyaning Birmingem shahrida joylashgan Aston University PhD bosqichi uchun PhD Studentship – Condition Monitoring, Integrated Production Optimisation, Automated Inspection & Repair for Industrial Equipment Re-manufacturing dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning School of Engineering and Applied Science maktabida PhD tadqiqotini olib borishni xohlagan talabalar uchun mo‘ljallangan. Grant toʻrt yilga beriladi. Grant yutib olgan tadqiqotchi ALICE, HCI yoki Software Engineering grouplardan birida informatikaga oid izlanishlarni amalga oshiradi. Grant quyidagi mavzularda izlanishlar olib boradigan 3 nafar tadqiqotchiga beriladi:

  1. Condition Monitoring of Mechanical and/or Electrical machineries to detect and predict the fault and remaining useful life based on big data analytics.
  2. Integrated Production Planning and Scheduling to assess the impact of machinery breakdown on current production line to find optimised production plans.
  3. Automated Inspection and Repair to develop robotic solutions to automate the manual inspection and repair tasks in remanufacturing of industrial equipment.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o‘qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidahi imkoniyatlar beriladi:

  1. Toʻrt yilga Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun kontrakt hajmdagi kontrakt pulini qisman qoplab
  2. Toʻrt yil muddatga asosiy yashash xarajatlari uchun yillik 15 009 funt-sterling stipendiya ajratiladi.

Eslatma: dastur kontrakt pulining faqat Buyuk Britaniya va YeI davlatlari uchun toʻlash kerak boʻlgan qismini qoplaydi. Shuning uchun kontraktning qolgan 12 573 funt-sterling qismini chet ellik nomzodning oʻzi toʻlashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning School of Engineering and Applied Science maktabida PhD kurslaridan biriga o‘qishga kirgan bo‘lishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi bo‘lishi zarur. Odatda baholar 2:1 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod Aston universiteti talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun IELTS kamida 6,5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) bo‘lishi talab qilinadi.
  • Nomzod mos keladigan soha boʻyicha bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Ayol nomzodlarga koʻproq imkoniyat beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning School of Engineering and Applied Science maktabi PhD kurslarida o‘qish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi PhD kursiga ariza berishi kerak. Grantga alohida ariza topshirish shart emas. Dedlayn 12-dekabrgacha.

Oʻqishga hujjat topshirish tartibi va talablari: shu yerda berilgan.

Savollar yuzasidan recruitment@aston.ac.uk ga murojaat qiling. Grant loyihalari masalasida esa Dr Yuchun Xu bilan y.xu16@aston.ac.uk manzili orqali bogʻlaning.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Personal statement.
  • Research proposal.
  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1 boʻlishi lozim.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 6.5 yoki ro‘yxatda berilgan ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar soʻralishi mumkin.
  • Ish tajribangiz haqida ma’lumot.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.

Grantga hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, ish tajribasi, ilmiy tadqiqot faoliyati, kelajakdagi rejalari va research proposal kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin iloji boricha tez fursatda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: recruitment@aston.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!